AVTARKIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTARKIYA haqida malumot bilib oling.

AVTARKIYA (yun. avtarkeia — oʻzoʻziga yetarli) — mamlakatning oʻz-oʻzini taʼminlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiqit xoʻjalik yuritish siyosati. Avtarkiyaning asosiy vositalari: mamlakatga kiritiladigan tovarlar uchun yuqori cheklovchi bojlar va kvotalar joriy etish; isteʼmol tovarlari narxini oshirish; boshqa mamlakatlar b-n iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishda turli toʻsiqlar qoʻyish. Jahon iqtisodiy-xoʻjalik aloqalaridan uzilib qolish amalda mamlakatda natural xoʻjalik yuritishga olib keladi.

Ensiklopediya.uz
AVTARKIYA