AVSTRALIYA PLATFORMASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVSTRALIYA PLATFORMASI haqida malumot bilib oling.

AVSTRALIYA PLATFORMASI — Avstraliyaning gʻarbiy va markaziy qismlari va Yangi Gvineya jan. qismini egallagan tokembriy platformasi. Arxey-quyi proterozoyga mansub fundamenti metamorfiklashgan vulkanik jinslar, gneys va granitlardan tuzilgan; yuqori proterozoy-pleozoy davri choʻkindi gʻilofi esa terrigenli, karbonatli va vulkanogen jinslar (platobazaltlar) dan tashkil topgan. Zaminidagi jinslar orasida oltin, temir rudasi, rangli va kamyob metallar, choʻkindi gʻilofida neft va gazning yirik konlari bor.

Ensiklopediya.uz
AVSTRALIYA PLATFORMASI