AVSTRALIYA MERINOSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVSTRALIYA MERINOSI haqida malumot bilib oling.

AVSTRALIYA MERINOSI — mayin junli qoʻy zoti. 18-a. da Avstraliyada olingan. Avstraliya merinosi qoʻchqorlarining oʻrtacha vazni 60—70 kg, sovlikdariniki 35 — 40 kg, qoʻchqorlaridan 5,5—6,5 kg, sovliqlaridan 4—5 kg jun qirqib olinadi. 50—60% toza jun chiqadi. Jun tolasining uz — 7,5 sm (ayrim tiplarida 10 sm gacha), ingichka, yaltiroq, undan mayin mato toʻqiladi. Koʻp mamlakatlarda Avstraliya merinosidan qoʻy zotlarini yaxshilashda foydalaniladi. Oʻzbekistonda boqiladigan groznen kuy zoti Avstraliya merinosi bilan chatishtirishdan olingan.

Ensiklopediya.uz
AVSTRALIYA MERINOSI