AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI haqida malumot bilib oling.

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTIsut uchun boqiladigan zot. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Qirgʻizistonning Talas vodiysi va Qozogʻistonning Avliyoota uyezdi (hoz. Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni oʻzaro urchitish nuli bilan yaratilgan. 1950-y. da Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, baʼzan qora. Buqalarining tirik vazni 800—950 kg, sigirlariniki 450—530 kg. Bir yilda 3000—3800 l, baʼzilari 8000 l gacha sut beradi. Sutining yogʻliligi 3,7 — 3,8%. Togʻ yaylovlarida boqishga moslashgan, issiqqa va qon parazit kasalliklari (teylorioz, piroplazmoz) ga chidamli. Umumiy soni 300 ming boshga yaqin. Asosan Qirgʻiziston va Qozogʻistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham boqiladi.

Ensiklopediya.uz
AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI