AVLAKOGEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVLAKOGEN haqida malumot bilib oling.

AVLAKOGEN (yun. aulax — egat va genos — tugʻilish) (geol.) — yoriqlar b-n chegaralangan chuqur va kambar koʻrinishdagi platforma ichki chiziqli suriluvchan zona; «A» terminini 1960-y. da N. S. Shatskiy taklif etgan. U A. ni platformadagi ikkita bir xil zona oraligʻidagi murakkab strukturali egat sifatida belgiladi. Oddiy Avlakogenlar chuqur (baʼzan 5—10 km), kambar (100 km gacha) va ming km gacha uzunlikdagi bukilmadan iborat boʻlib, yoriqlar bilan cheklangan. Avlakogenlar butun platformani kesib oʻtishi yoki biror joyida tugashi mumkin. Avlakogenlar rivojlanib ichki platformali yassi burmali zonaga (mas, Daniya-Polsha Avlakogen) yoki ancha keng va qiya choʻkmasi-neklizalar (mas, Dnepr-Dones Avlakogen) ga aylanadi. Murakkab Avlakogenlar bukilma-grabenlardan tashqari, koʻtaril-magorstlar (mas, Shim. Amerika platformasining Vichita zonasi) ham boʻladi.

Ensiklopediya.uz
AVLAKOGEN