AVJ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVJ haqida malumot bilib oling.

AVJ (arab. — choʻqqi, baland) — 1) Oʻn ikki maqom majmuasidagi maʼlum shoʻba nomi.

2) Musiqa asarining yuqori pardalardagi choʻqqisi, kulminatsiya doirasi, yaʼni musiqa asarining eng baland registrdagi davomli kuy tuzilmasi. Maqomlarning cholgʻu va ay-niqsa aytim boʻlimlari, ashula, katta ashula, suvora va yirik shaklli cholgʻu kuylardan keng oʻrin olgan. Avj larning asosiy turlari — kichik Avj, urta Avj, katta (yoki yuqori) Avj deb yuritiladi. Shoʻbalarning miyonxat tuzilmasini kichik Avjga, dunasrni — oʻrta Avjga va namudlarni — katta Avjga qiyoslash mumkin. Avjlar musiqa asarlari bayoni va rivojida shakllantiruvchi va ifoda-lovchi ahamiyatga ega. Ashulalardagi sheʼr mazmuni, fikr va histuygʻularning taʼsir kuchini musiqiy vositalar yordamida teranlashtiradi. Avj ishlatish anʼanasi oʻzbek va umuman Sharq bastakorlik sanʼatida, shuningdek hofizlar va sozandalarning ijrochilik mahorati tufayli mukammallashib maʼlum tabiiy qonuniyat sifatida vujudga kelgan. Shashmaqom shoʻbalarining katta Avji oʻndan ortiq namud va ikki Avj (Zebo pari va Turk)ning turli birikmalaridan tuziladi. Zebo pari va Turk Avj larini qoʻllashda namudlardagi kabi muayyan ijodiy erkinlik mavjud.

Ensiklopediya.uz
AVJ