AVIATSIYA METEOROLOGIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVIATSIYA METEOROLOGIYASI haqida malumot bilib oling.

AVIATSIYA METEOROLOGIYASImeteorologiya amaliy boʻlimi. Atmosfera hodisalarining samolyot va b. uchish apparatlari faoliyatiga taʼsirini oʻrganadi. Samolyotlarning uchishi, koʻtarilishi va ayniqsa qoʻnishiga bulut, kuchli shamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, chang-toʻzon va b. hodisalar taʼsir qiladi. Shu hodisalarga doir maʼlumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya st-yalari tashkil qilinadi.

Ensiklopediya.uz
AVIATSIYA METEOROLOGIYASI