
AVIATSIYA KUCH QURILMASI haqida malumot bilib oling.
AVIATSIYA KUCH QURILMASI — samolyotda tortish kuchi, vertolyotda esa koʻtarish kuchi hosil qiladigan dvigatel va b. zarur tizim va qurilmalar majmui. Porshenli dvigatel oʻrnatilgan samolyotning vinti ham, vint qanotlarini burish mexanizmi ham Aviatsiya kuch qurilmasiga kiradi, ammo porshenli dvigatellar oʻrnatilgan samolyotlarga nisbatan Aviatsiya kuch qurilmasi atamasi oʻrniga vint-motor guruhi atamasi ishlatiladi. Aviatsiya kuch qurilmasi yonilgʻi bilan taʼminlash, moylash, sovitish, havo berish, ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish, boshqarish va nazorat qilish, dvigatelni yurgizib yuborish tizimlari va b. tizimlarni oʻz ichiga oladi; qanotlar, dvigatelni mahkamlash uzellari ham Aviatsiya kuch qurilmasi hisoblanadi (q. Samolyot).
Ensiklopediya.uz
AVIATSIYA KUCH QURILMASI