AVIATSIYA ASTRONOMIYASI haqida malumot bilib oling.
AVIATSIYA ASTRONOMIYASI — amaliy astronomiya boʻlimi. Asosan, samolyotning vaziyatini va harakat yoʻnalishini aniqlash bilan shugʻullanadi. Uchish paytida maxsus asbob (sekstant) yordamida samolyotdan koʻrinayotgan osmon yoritqichlarining balandligi va kuzatish vaqti aniqlanadi. Har bir kuzatish maxsus hisoblash yoʻli bilan vaziyat chizigʻini aniqlash va xaritaga tushirish imkonini beradi. Samolyotning vaziyati ikkita vaziyat. chizigining kesishgan nuqtasida boʻlib, bir necha kilometr aniqlikda topiladi. Agar osmon yoritqichining balandligini oʻlchash paytida samolyot Yerdagi biror aniq moʻljal (daryo, okean qirgʻogʻi va b.) yoki radiopelengator chizigʻida boʻlsa, uning koordinatalarini bitta vaziyat chizigʻi yordamida ham aniqlash mumkin. Hozir Aviatsiya astronomiyasi usullari ayrim masalalarni hal qilishda qoʻllanilmoqda.
Ensiklopediya.uz
AVIATSIYA ASTRONOMIYASI