AVIAMODELCHILIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVIAMODELCHILIK haqida malumot bilib oling.

AVIAMODELCHILIK (avia… va lot modulis — oʻlchov) — uchish apparati modellarini yasash va uchirish. Aviamodelchilik yoshlar texnik ijodi turlaridan biri. Uchmaydigan (geometrik shakli oʻxshatiladigan tarixiy yoki zamonaviy samolyot nusxasi) va uchadigan modellar bilan shugʻullanadigan xillari bor. Uchadigan model uchish tarzi, oʻlchami, dvigatelining turiga qarab erkin uchadigan, kordli va radio bilan boshqariladigan turlarga boʻlinadi. Erkin uchadigan modellar planerlar, rezina motorli, taymerli xillarga boʻlinadi. Planer modeli motorsiz uchish apparati boʻlib, havo oqimida varrakka oʻxshash uchiriladi. Rezina motorli modellarda tortish kuchini havo vinti (parrak) vujudga keltiradi. Parrakni rezina motor harakatlantiradi. Taymerli modelning uchishini maxsus mexanizm — taymer cheklaydi. Kordli modellarni modelchi-uchiruvchi kord iplari yordamida boshqarib uchiradi. Radio bilan boshqariladigan modellar bortiga oʻrnatilgan radioapparaturaga yerdan yuboriladigan signallar yordamida boshqariladi. Oʻzbekistonda Aviamodelchilik sporti, ayniqsa, 20-a. oʻrtalaridan rivojlandi. Maktab, bolalar uyi, oʻquvchilar saroyi, klublarda Aviamodelchilik toʻgaraklari bor. Shahar va tuman aeroklublarida, yosh texniklar st-yalarida Aviamodelchilik kabinetlari tashkil qilingan.

Ensiklopediya.uz
AVIAMODELCHILIK