AVAR XOQONLIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVAR XOQONLIGI haqida malumot bilib oling.

AVAR XOQONLIGIPannoniya (hoz. Vengriya, Yugoslaviya va Avstriya hududining bir qismi)dagi avarlarning davlat birlashmasi (6-a. oʻrtasi — 8-a. oxiri). Gʻarbiy turk xoqonligining asosini tashkil etgan, boshida avarlar turgan yirik kabilalar uyushmasi Oʻrta Osiyodan Kaspiy boʻyining gʻarbidagi dashtlarga, soʻngra shim. Qora dengiz boʻylari, Dunay boʻyi va Bolqon ya. o. ga bostirib kirganlar (6-a. oʻrtasi). 6-a. 50—60 y. larida avarlar savirlar, antlar, gepidlar va b. yevropalik qabilalar istiqomat qiladigan yerlarni vayron qilganlar. Shu yurishlar natijasida Pannoniyada Avar xoqonligi barpo etilgan. Davlatni yirik sarkarda Boyonxon boshqargan. Yashil rangli bayroqqa ega boʻlgan, bayroq oʻrtasida orqaga qarab oʻq-yoy otayotgan kishi otda chopib ketayotgan holatda tasvirlangan. Mahmud Koshgʻariy bu holatni Iskandarning Turonni bosib olayotgan davridagi turkiy qavmlarga nisbat bergan. Avar xoqonligi slavyanlar, franklar, langobardlar, gruzinlar, shuningdek Vizantiyaga muttasil hujumlar qilib turgan. 7-a. boshida Avar xoqonligining harbiy quvvati zaiflashgan, oʻzaro nizolar avj olgan. 7-a. oʻrtasida avarlar shim. Qora dengiz boʻylaridan siqib chiqarilgan. Dunay boʻylarida 680-y. Birinchi Bulgʻor podsholigi barpo etilishi bilan Pannoniyadagi Avar xoqonligi tasarrufidagi yerlar hududi qisqargan. 8-a. 90-y. larida Avar xoqonligi Buyuk Karya boshchiligidagi franklar tomonidan uzil-kesil tugatilgan.

Ensiklopediya.uz
AVAR XOQONLIGI