AUTOGEN MASHQ haqida malumot bilib oling.
AUTOGEN MASHQ (yun. autogenes — oʻzi bajaradigan) , autotrening — ichki aʼzolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda oʻz-oʻzini ishontirish va oʻzoʻzini boshqarish orqali shu holatdan forigʻ boʻlishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Nemis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va b.) yoki kishining oʻz xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qoʻllarini boʻsh qoʻyishga, hech narsani oʻylamaslikka, faqat sogʻayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qoʻshib olib borilganda yaxshi naf beradi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qoʻllaniladi. Qisqa muddatli dam olish va b. hollarda sogʻlom kishilar ham undan foydalanadilar.
Ensiklopediya.uz
AUTOGEN MASHQ