AUKSOXROMLAR haqida malumot bilib oling.
AUKSOXROMLAR (yun. auxo — oʻstiraman va chroma — rang, boʻyoq) — boʻyoqlarning boʻyalish xususiyatini kuchaytiruvchi, yaʼni ularning mato va gazlamalarga singish xususiyatini oshiruvchi kimyo-viy guruhlar. Ularga gidroksil guruh (ON), amin guruh (NH2), imin guruh (NH), merkaptoguruh (SH) va b. kiradi. Auksoxromlar boʻyoqlarning rangini ochadi.
Ensiklopediya.uz
AUKSOXROMLAR