ATTIKA haqida malumot bilib oling.
ATTIKA — qad. Oʻrta Yunonistonning jan.-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga koʻra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir boʻlgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga choʻzilgan. Mil. av. 6-a. ga kelib Afina Attikada mutlaq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hoz. Gretsiyada Attika shu nomdagi maʼmuriy-hududiy birlik — nom (markazi — Afina).
Ensiklopediya.uz
ATTIKA