ATSIKLIK BIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATSIKLIK BIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.

ATSIKLIK BIRIKMALAR, alifatik birikmalar — uglerod atomlari oʻzaro ochiq zanjir hosil qilib birikkan organik birikmalar Asiklik birikmalar tabiiy gaz va neftda uchraydi. Biologik jarayonlarda katta rol oʻynaydi. Asiklik birikmalarga jumladan yogʻlar va ularning metabolizm mahsulotlari, shuningdek oqsillar tarkibidagi koʻpchilik aminokislotalar va b. kiradi. Koʻpchilik oʻsimliklarning efir moylari tarkibida atsiklik efirlar, aldegidlar, spirtlar va b. boʻladi. Yuqori molekulali Asiklik birikmalar t-ra taʼsirida quyi molekulali bi-rikmalarga parchalanadi, katalizatorlar ishtirokida esa bu jarayon pastroq t-rada ham sodir boʻladi. Sanoatda koʻpchilik Asiklik birikmalarni sintez qilish uchun olefinlar, atsetilen va is gazi boshlaigʻich modda sifatida ishlatiladi. Koʻpchilik Asiklik birikmalar sintetik kauchuk, sunʼiy tola, plastmassalar, doridarmon va b. mahsulotlar olishda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
ATSIKLIK BIRIKMALAR