ATSETOSIRKA EFIR haqida malumot bilib oling.
ATSETOSIRKA EFIR — atsetosirka kislotaning etil efiri, etilatsetoatsetat. Mol. m. 118,14, xushboʻy hidli rangsiz suyuqpik. Qaynash t-rasi 180,8°, zichligi 1028 kg/m3. Suvda (14,3% 16,5° da), etanolda, efirda eriydi. Oddiy Asetosirka efir (ikkala shakl aralashmasi) bir vaqtda keton va yenol xossalarini namoyon qiladi. U keton sifatida sianid kislota yoki natriy bisulfatni biriktirib oladi. Yenol sifatida temir xlorid taʼsirida binafsha rangga kiradi, brom eritmasini rangsizlantiradi. Sanoatda etilatsetatga metall hoddagi natriyni taʼsir ettirib olinadi (Klayzen kondensatsiyasi). Asetosirka efir amidopirin, antipirin, akrixin, V, vitamin va b. dorilarni sintez qilishda, boʻyoq i. ch. da, shuningdek oziqovqat sanoatida ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
ATSETOSIRKA EFIR