ATSETAT TOLA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATSETAT TOLA haqida malumot bilib oling.

ATSETAT TOLA, atsetat ipak — atsetilsellyulozadan olinadigan sunʼiy tola. A. t. 140 — 150° gacha t-raga bardosh beradi, bundan yukrri t-rada deformatsiyaga uchrab, shaklini oʻzgartiradi. Asetat tola qovushqoqligi, yumshoqligi, chiroyliligi, kimyoviy pishiqligi va quyosh nuri taʼsiriga chidamliligi sababli sanoatda tobora koʻp ishlatilmoqda. Tarkibidagi gidroksil va atsetil guruhlarning nisbiy miqdori bilan farqlanuvchi Asetat tolalar toʻqimachilik sanoatida koʻplab ishlatiladi. Mas, triatsetat tola asosan texnikada qoʻllaniladi, uning elektr tokini oʻtkazmaslik xususiyati barcha sunʼiy va tabiiy tolalarnikidan ustun turadi. Oʻzbekistonda paxta tolasining chiqindisi — momiq asosida Asetat tolalar i. ch. yoʻlga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
ATSETAT TOLA