ATONAL MUSIQA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATONAL MUSIQA haqida malumot bilib oling.

ATONAL MUSIQA (yun. a – inkor qoʻshimchasi va tonal — ton) — 20 – a. boshlaridan Yevropa mamlakatlarida odat tusiga kirgan tonallik, lad, garmoniya va b. ning oʻta erkin oʻzgaruvchanligiga asoslanib yaratiladigan musiqa. At. m. konsonans va dissonans kontrasti, modulyatsiyalarni inkor etadi. Ayrim Atonal musiqa parchalari soʻnggi romantiklar va impressionistlar ijodida uchraydi. 20-a. boshida Avstriya kompozitori A. Shyonberg, uning shogirdlari A. Vebern, Atonal musiqa Berg va b. ijodida anʼanaviy yevropacha ladtonallik asosidan toʻla yoki qisman voz kechish natijasida Atonal musiqa yoki R. Kolish (1896 — 1978) tomonidan kiritilgan atonallik tushunchasi yuzaga kelgan. Atonal musiqani maʼlum darajada dodekafoniya texnikasi tartiblashtirgan. Undan Oʻzbekiston kompozitorlari kino, telekoʻrsatuv, teatr musiqasi va b. da foydalanmoqdalar.

Ensiklopediya.uz
ATONAL MUSIQA