
ATOM SPEKTRLARI haqida malumot bilib oling.
ATOM SPEKTRLARI — erkin yoki kuchsiz bogʻlangan atomlarning (bir atomli gazlar yoki bugʻlar) elektromagnit toʻlqin chiqarganda (nurlanish A. s.) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo boʻladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziq-chiziq, yaʼni alohida-alohida joylashgan spektral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning koʻrinuvchi, ultrabinafsha va infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yoʻllar b-n uygʻotilganda (yorugʻlik, elektronlarning urilish va h. k.) hosil boʻladi. Yutilish Atom spektrlari uzluksiz spektrli yorugʻlik atomar gazlar yoki bugʻlardan oʻtganda paydo boʻladi. Atom spektrlari spektral asboblar yordamida kuzatiladi. Ionlarning Atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan boʻlishi b-n neytral atomlarning Atom spektrlari sdan farq qiladi.
Atom spektrlari dagi spektral chiziqlar maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi va sodda hollarda spektral seriyalar hosil qiladi. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin boʻlgan kvant oʻtishlari natijasida yuzaga keladi. Vodorod atomidagi spektral seriyalar ayniqsa ajralib turadi. Vodorod atomida Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Xamfri seriyalari aniqlangan. Bu seriyalardagi toʻlqin sonlarini quyidagi formula yordamida topish mumkin: bunda R = 109677,58 sm»1 — Ridberg doimiysi, pk va p — kvant oʻtishlari boʻlayotgan energetik sathlarining bosh kvant sonlari. Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Xamfri seriyalari uchun pk mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5, 6 ga teng. Bunday seriyalar boshqa elementlar atomlari uchun ham kuzatiladi. Elementning atom soni oshib borishi bilan seriyalardagi spektral chiziqlar soni ham oshib boradi va murakkab koʻrinishga ega boʻladi. Elementlar Atom spektrlarining uziga xosligi modda tarkibini aniqlashda, ulardagi spektral chiziqlar ravshanligining atomlar konsentratsiyasiga bogʻliqligi — element miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
ATOM SPEKTRLARI