ATOM REAKTORI haqida malumot bilib oling.
ATOM REAKTORI (yadro reaktori, atom qozoni) — atom yadrosining boshqariladigan zanjir reaksiyasini amalga oshirish uchun moʻljallangan qurilma. Atom reaktori sanoat energiyasi i. ch., fizik tadqiqotlarda ishlatiladigan neytronlar oqimini hosil qilish, sunʼiy radioaktiv izotoplar hamda atom elektr st-yalarida elektr-energiyasi olishda ishlatiladi. Reaksiyadagi neytronlarning tezligiga qarab, Atom reaktori suct va tez neytronli boʻladi. Suct neytronli reaktorlarda yoqilgʻi sifatida tabiiy uran izotoplarining aralashmasi yoki uran (U235) bilan boyitilgan aralashma ishlatiladi. U235 boʻlinishi davrida uchib chiqayotgan tez neytronlar grafit yoki ogir suv yordamida susaytirilib, suct neytronlarga keltiriladi. Tez neytronli reaktorda esa susaytirgich ishlatilmaydi. Bunday reaktorda zanjir reaksiya toʻgʻridan-toʻgʻri tez neytronlar taʼsirida borishi uchun atom yoqilgʻisi — sof U235 izotopi yoki sunʼiy izotoplar U233 va Ri239 (plutoniy) boʻlishi kerak. Atom yoqilgʻisi maʼlum miqdor va hajmda boʻlgandagina zanjir reaksiya davom etadi va atom reaktori ishlay boshlaydi. Reaktordan chiqib ketayotgan neytronlarni qisman faol zonaga qaytarish uchun bu zona kaytargich (ogʻir suv, grafit yoki berilliy) bilan oʻralgan boʻladi. Qaytargich faol zonada hosil boʻlayotgan neytronlardan toʻlaroq foydalanish va reaktorni birmuncha kichraytirishga imkon beradi. Reaktor tekis ishlashi uchun reaksiya bir meʼyorda davom etishi zarur. Aks holda reaktor toʻxtab qolishi yoki uchib chiqayotgan neytronlar soni koʻpayib ketib, reaktor buzilishi mumkin. Faol zonada ajralayotgan neytronlar sonini maʼlum miqdorda ushlab turuvchi va reaktorning bir meʼyorda ishlashini taʼminlovchi mexanizm A. r. ning muhim qismi hisoblanadi. U neytronlarni koʻplab yutadigan moddalar (kadmiy yoki bor)dan tayyorlangan tayoqchalardan iborat. Bu tayoqchalar reaktorning faol zonasiga qoʻzgʻaluvchan qilib oʻrnatiladi (rasmga q.). Uran tayoqchalari 10 dan oʻz-oʻzidan chiqayotgan tez neytronlar susaytirilgach, yoqilgʻi tarkibidagi U238 atomlarini parchalaydi. Natijada zanjir reaksiya toʻxtovsiz davom etadi. Boshqaruvchi tayoqcha 8 (kadmiy yoki bor), oʻlchov asbobi 5, kuchaytirgich 6 va motor 7 b-n birga reaksiyani meʼyorga keltiradi. Ikkinchi kadmiy tayoqcha 9 esa reaktorni toʻxtatish uchun xizmat qiladi. Qozon devori 12 bir vaqtning oʻzida qaytargich xiz-matini ham oʻtaydi. Issiqlik almashuvchi qurilma 13 yordamida uran yoqilgʻisidan chiqayotgan issiqlik energiyasi olinadi. Energiya reaktorida ana shu qurilma isitgich sifatida ishlatiladi. Olingan energiya atom elektr st-yalarida turbinalarni harakatga keltiradi. Qalin beton devor 4 reaktordan chiqib ketayotgan neytronlar va nurlarni ushlab qoladi, kishilarni zararlanishdan saqlaydi. Suzgich (filtr) 1, nasos 2 va quvur 3 yordamida beton devor ichi – i dagi havo doimo almashinib turadi. Re – J aktorlar 0,5 Vt dan 30000 kVt gacha quvvatga ega boʻlib, reaktor markazida har 1 sm2 yuza hisobidan sekundiga 1015 donagacha neytron olish mumkin.
Reaktorlar vazifalariga koʻra energetik, eksperimental, i. t. reaktori hamda yangi boʻlinadigan elementar va radioaktiv izotoplar ishlab chiqaradigan reaktorlarga boʻlinadi. Har qanday reaktor: a) yoqilgʻining turiga; b) sekinlashtiruvchi moddasiga; v) bajaradigan vazifasiga; ye) ishlash rejimiga; j) tuzilishiga qarab xarakterlanadi.
Energetik reaktorlar asosan suv — suvli, gaz-grafitli hamda suv-grafitli reaktorlarga ajratiladi (bu yerda birinchi soʻz issiqlik uzatkichni, ikkinchisi esa sekinlashtiruvchi moddani anglatadi).
Oʻzbekiston FA Yadro in-tida suvsuvli VVR-SM atom reaktori i. t. va yadro fizikasining yutuqlarini xalq xoʻjaligiga tadbiq qilish maqsadida 1959-y. dan beri 2000 dan 10000 kVt gacha (issiqlik) quvvatida ishlab turibdi.
Reaktorlarning iqtisodiy tejamliligi va samaradorligini tadqiq qilish uchun quvvati uncha katta boʻlmagan eksperimental reaktorlar quriladi. I. t. reaktorlari neytronlarning yadrolar bilan taʼsirlanishini oʻrganish va neytronlar taʼsirida turli kristallarning organik birikmalarning har xil fizik va kimyoviy xossalariga taʼsirini oʻrganish uchun ishlatiladi. Shuning uchun bu reaktorlarning muhim xususiyati katta (1012 — 10y neytron/sm2s) neytronlar oqimini hosil qilib berishidir. Bunday i. t. reaktorlarining faol zonasidan neytronlar dastasining tashqariga chiqishi uchun bir nechta qoʻshimcha gorizontal kanallari boʻladi.
Intensivligi yana ham yuqori boʻlgan neytronlar oqimini hosil qilish uchun qisqa davrli (impulsli) rejimda ishlaydigan reaktorlardan foydalaniladi. Misol uchun impulsli grafit reaktorda (IGR) impulsning katta qiymatidagi quvvat 105 MVt ga, neytronlar oqimi esa 1018 neytron/sm2s ga yetadi. Impulsning davom etish vaqti 0,1 s.
Barcha reaktorlar ichida yoqilgʻini qayta ishlaydigan reaktorlar (brider reaktorlar) muhim ahamiyatga ega. Bu reaktorlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan bir qatorda reaksiya hisobiga intensiv yoqilgʻi ishlab chiqarish jarayoni amalga oshadi. Reaktorlar yoqilgʻi va susaytirgichning faol sohada oʻzaro joylashtirilishiga qarab, gomogen yoki geterogen boʻlishi mumkin. Gomogen reaktorda yadro yoqilgʻisi susaytirgich bilan bir tekis aralashtiriladi. Geterogen reaktorda yadro yoqilgʻi susaytirgichdan ajratilgan.
Ad.: Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995.
Ensiklopediya.uz
ATOM REAKTORI