ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI haqida malumot bilib oling.

ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI — atmosferaga kelgan va undan chiqqan issiqlik tengligi. Atmosferaning nurlanish balansi R, atmosferada suv bugʻlari kondensatlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hr (h — kondensatsiya yashirin issiqligʻi, g — yogʻinlar yigʻindisi), yer sirtidan turbulent almashinuv natijasida atmosferaga berilgan issiqlik R, havoning gorizontal yoʻnalishda koʻchishi (adveksiya) tufayli kelgan issiqlik oqimi (A) A. i. b. ni tashkil qiladi. Issiqlikning advektiv koʻchishi odatda ek-vatordan qutblarga qarab yoʻnalgan boʻladi, shuning uchun bu jarayon tufayli yuqori kengliklardagi havo issiqlik oladi, quyi kengliklarda esa issiqlik yoʻqotadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi va okean sirkulyatsiyasi tufayli havo t-rasi uzluksiz ravishda quyi kengliklarda pasaymaydi, yuqori kengliklarda koʻtarilmaydi, yaʼni issiqlikning advektiv koʻchishi natijasida muvozanatlashib turadi. Shunga koʻra butun atmosferaning oʻrtacha yillik t-rasi turgʻun boʻladi.

Ensiklopediya.uz
ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI