ATMOSFERADAGI OPTIK HODISALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATMOSFERADAGI OPTIK HODISALAR haqida malumot bilib oling.

ATMOSFERADAGI OPTIK HODISALAR — atmosferada yorugʻlikning qaytishi (aks etishi), sinishi, yutilishi, sochilishi va difraksiyasch natijasida paydo boʻluvchi hodisalar. Yorugʻlikning yomgʻir tomchilari va mayda muz kristallarida sinishi va difraksiyasi natijasida osmonning Quyoshga qarama-qarshi tomonida hosil boʻladigan rangdor yoyli kamalaklar, Quyosh va Oy gardishidan bir oz uzoqliqsa oqimtir yoki rangli halqa shaklida koʻrinuvchi galo hodisalari, osmon yoritqichlari atrofida hosil boʻladigan tojlar, gloriya hodisalari, shuningdek atmosfera refraksiyasi, saroblar, osmonning moviy rangi, tong va shom shafagʻi kabi hodisalar A o. x, jumlasiga kiradi. Atmosferadagi optik hodisalar koʻpchiligi atmosferaning turli qatlamlari holati va tarkibini bildiruvchi alomat boʻlib, ob-havoning mahalliy belgilari sifatida xizmat qiladi. Atmosferadagi optik hodisalarni meteorologiya fanining bir boʻlimi gʻisoblangan atmosfera optikasi oʻrganadi.

Ensiklopediya.uz
ATMOSFERADAGI OPTIK HODISALAR