
ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI haqida malumot bilib oling.
ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI — atmosferada t-raning balandlik boʻyicha taqsimlanishi. Quruq yoki suv bugʻiga toʻyingan havoga nisbatan Atmosfera stratifikatsiyasi turgʻun, beqaror yoki neytral boʻlishi mumkin. Atmosfera stratifikatsiyasining bunday holatlarini kuzatish uchun t-raning quruq adiabatik (q. Adiabata), nam adiabatik va vertikal gradiyentlaridan foydalaniladi. Adiabatik vertikal yoʻnalishda havoning harakatida balandlik birligiga toʻgri keladigan t-ra pasayishi t-raning vertikal gradiyenti (u) deb ataladi. Quruq yoki suv bugʻiga toʻyinmagan havo boʻlsa, quruq adiabatik gradent (uo), suv bugʻiga toʻyingan nam havoda esa nam adiabatik gradiyent (un) deb yuritiladi.
Ensiklopediya.uz
ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI