ATMOSFERA BOSIMI

ATMOSFERA BOSIMI
atmosfera bosimi 65ca6f3904585

/ Darsliklar / От

DO`STLARGA ULASHING:

ATMOSFERA BOSIMI

Atmosferaning og’irligi yerning og’irligidan million marta kam
bo’lsada, lekin u yer yuzasini katta kuch bilan bosib turadi. Yer yuzasida
bir kub metr havoning og’irligi 1 kg 330 g keladi. Havo yer yuzasining har
bir metr kvadrat joyiga taxminan 10 tonna kuch bilan bosadi. Inson
tanasining yuzasi o’rta hisobda bir yarim metr kvadrat deb oladigan bo’lsak, odam gavdasini 15 tonna kuch bosib turadi. Atmosfera bosimi okean sathida 760 mm simob ustuniga teng. So’nggi yillarda norveg olimi Bekriesning taklifiga ko’ra 1 sm kvadratga bo’linadigan 1000000 dona kuchni standart birlik deb qabul qilinib, bu birlik “bar”deb ataldi.

Agar havo bosimi dengiz sathida o’rtacha 1013,2mb (760 mm) bo’lsa,
dengiz sathidan yuqoriga ko’tarilgan havo siyraklashib, uning bosimi
kamayib boradi. Bosimning 1 mm kamayishi uchun ko’tarilishi zarur bo’lgan balandlik barometrik bosqich deb ataladi. Yer yuzasiga yaqin bo’lgan pastki qismida har 10 metr ko’tarilganda bosim taxminan 1 mm ga kamayadi.

Atmosferaning yuqori qismida barometrik bosqich ortib boradi. Atmosfera bosimi meteorologik stansiyalarda yer yuzasidan 2 metr baland bo’lgan meteorologik qutining ichida joylashtirilgan barometr yordamida o’lchanadi.

Barometrlar simobli yoki aneroid bo’ladi.

ATMOSFERA BOSIMI