ATMOSFERA BOSIMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATMOSFERA BOSIMI haqida malumot bilib oling.

ATMOSFERA BOSIMI — atmosferaning yer sirtidagi barcha narsalarga va yer sirtiga koʻrsatadigan gidrostatik bosimi; atmosfera holatini bildiruvchi asosiy belgi. Simobli barometr bilan oʻlchanadi. Atmosfera bosimi Dina/sm2, mb yoki mm sim. ust., gPa bilan ifodalanadi. Dengiz sathidagi oʻrtacha Atmosfera bosimi yoki normal bosim Ro q 760 mm sim. ust. ga yoki 1013,25 g-Pa ga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari A. b. kamayadi. Pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda esa sekinroq kamayadi, dengiz sathidan 6km balandlikda Atmosfera bosimi yer yuzidagi bosimning yarmini tashkil qiladi.

Atmosfera bosimi balandlik b-ngina emas, balki yer yuzining bir nuqtasidan ikkinchi bir nuqgasiga oʻtganda, shuningdek vaqn utishi bilan ham oʻzgaradi. Natijada yer yuzida bosimi pastlashgan siklonlar, bosimi yuqorilashgan antitsiklonlar va toʻlqinli bosim sohalarini kuzatamiz. Bu sohada havo t-rasi, zichligi va oqimi oʻzgaradi, shuningdek atmosfera girdoblari hosil boʻladi va b. Butun yer sharida 5 km balandlikdan boshlab ekvatordan qutb hududlari tomon Atmosfera bosimi kamayib boradi.

Ensiklopediya.uz
ATMOSFERA BOSIMI