ATLETIKA (yun. athletikos — kurashchilarga xos) — 1) kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga yordamlashuvchi mashqlar tizimi. Atletika atamasi yengil Atletika, ogir A. soʻz birikmalarida ishlatiladi;
2) sirk sanʼati janri, ogʻir narsalar koʻtarish b-n bogʻliq kuch ishlatuvchi mashqlar.