
ATLANTIKA XARTIYASI haqida malumot bilib oling.
ATLANTIKA XARTIYASI — AQSH va Buyuk Britaniya hukumatlarining boshliqlari — F. Ruzvelt va U. Cherchill 1941-y. 14 avg. da imzolagan deklaratsiya. A. x. da fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilariga qarshi urushning maqsadlari, urushdan keyingi davrda dunyoning tuzilishi, xususan hududlarni bosib olishdan voz kechish hamda xalqlarning oʻzini idora etish usulini oʻzi tanlash huquqi toʻgʻrisida umumiy tar-zdagi fikrlar bildirilgan. 1941-y. 24 sent. da London ittifoqchilararo konferensiyasida SSSR A. x. ning asosiy qoidalariga qoʻshilganligini eʼlon qildi, bu esa gitlerchilarga karshi ittifoq tuzish uchun zamin yaratdi.
Ensiklopediya.uz
ATLANTIKA XARTIYASI