
ATIRQOVUN haqida malumot bilib oling.
ATIRQOVUN (Melo dudaim) — qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 — 80 sm. Bargi toʻgarak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri 5,5 — 6 sm. Xushboʻyligi bilan boshqa qovunlardan ajralib turadi. Atirqovun ekilishiga qarab iyul — sent. oylarida gullaydi. Yer yuzida keng tarqalgan. Uni Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston, Kichik Osiyo, Oʻrta dengiz boʻyi, Amerika va b. yerlarda uch-ratish mumkin. A. Oʻzbekistonning deyarli hamma viloyatlarida, ayniqsa, Sur-xondaryo va Xorazm viloyatida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.
Ensiklopediya.uz
ATIRQOVUN