
ATAUALPA haqida malumot bilib oling.
ATAUALPA (taxm. 1500-1533.29.8, Kaxamarka) — inklar hokimi. Otasi — Uayn Kapak vafotidan (1530) soʻng bi-rodari Uaskar bilan hokimiyat uchun qurolli kurash olib borib taxtni egallagan. 1532-y. mamlakatga F. Pisarro rahbarligidagi ispan konkistadorlari kelganlar. Oʻsha yiliyoq Ataualpa ispan bosqinchilari tomonidan asir olingan. Uni ulkan tovon evaziga ozod qilishga vaʼda berishgan. Biroq tovon puli toʻplanib ispanlarga topshirilgach, ispanlar bergan vaʼdalaridan kechib Ataualpani «sud» qilib qatl etganlar.
Ensiklopediya.uz
ATAUALPA