ATAMAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATAMAN haqida malumot bilib oling.

ATAMAN (qad. turkcha deb taxmin qilinadi) — qurollangan kazaklar otryadining boshligʻi. Xalq qoʻzgʻoloni boshliqlari ham Ataman deb atalgan (S. Razin va b.). A. lar kazaklar tarixida katta oʻrin tutgan. Dastlab Ataman saylanar va turli vazifani oʻtardi. Zaporojye Sechi radasining hukmlarini Atamanlar ijro etgan. Atamanlar lavozimiga saylash Zaporojye Sechi tarqatib yuborilgunicha (1775) saqlangan. Don kazaklarida qoʻshin atamani, stanitsa atamani, qarorgoh atamani, poxod atamani boʻlgan. 1917-y. dan keyin Ataman unvoni bekor qilingan.

90-y. larda Rossiyada kazak otryadlari qaytadan tashkil qilindi va Atamanlar oʻzlarining inqilobdan oldingi mavqelariga maʼlum darajada ega boʻla boshladilar.

Ensiklopediya.uz
ATAMAN