ATALMISH QAVCHIN haqida malumot bilib oling.
ATALMISH QAVCHIN (14-a. oʻrtasi – 15-a. boshlari) — Amir Temur saroyidagi yirik davlat va siyosat arbobi, uning yaqinlaridan biri. Atalmish Qavchinga muhim siyosiy va harbiy vazifalar topshirilgan. Xususan, 1383-y. Amir Temur A. Q. ni bir necha amirlar bilan Jetaga, Qamariddinga qarshi yuborgan. 1394-y. «besh yillik yurish» paytida A. Q. Sharqiy Anadoludagi Avnik qalʼasiga kutvol qilib tayinlangan. 1395-y. Sohibqironning Toʻxtamishga qarshi yurishi chogʻida Qora Yusuf Turkman Avnikka hujum qilib, Atalmish Qavchinni asir olgan va uni Misr sultoni Barquqqa yubortan. Anqara jangndan soʻng Barquqning oʻgʻli Faraj Atalmish Qavchinni oʻz elchilari bilan birga Amir Temur huzuriga qaytargan. 1404-y. Sohibqiron A. Q. ga Sharqiy Anadoludan qora totor elini Jetaga koʻchirib borish vazifasini topshirgan. Amir Temur vafotidan soʻng Atalmish Qavchin nomi shahzodalar, xonimlar va Shayx Nuriddin, Shoh Maliklar bilan birga Samarqandga kirolmay 1405-y. martida Buxoroga borganlar qatorida qayd etib oʻtilgan.
Ensiklopediya.uz
ATALMISH QAVCHIN