ATABASKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATABASKA haqida malumot bilib oling.

ATABASKA — Kanadaning gʻarbidagi koʻl, Makenzi daryosi sistemasida. Chuq. 60 m gacha, mayd. 7,9 ming km2. Sharqdan gʻarbga tomon oy shaklida choʻzilgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, jan. — pasttekislik. Okt. oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Koʻlga Atabaska daryosi quyiladi. Undan Qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan.

Ensiklopediya.uz
ATABASKA