ASVON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASVON haqida malumot bilib oling.

ASVON (qad. nomi Siyena) — MARdagi shahar. Nilning oʻng sohilida, Asvon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 196 ming kishi (1986). T. y. stansiyasi, daryo porti, avtomobil yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, kimyo va charm poyabzal sanoati korxonalari bor. A. atrofida yirik sanoat-energetika r-ni barpo etilgan. Shahar yaqinida eski va yangi baland Asvon toʻgʻoni bor. Mineral oʻgʻit z-di, GES qurilgan. Asvon yaqinida temir rudasi qazib chiqariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Qohira osori atiqa muzeyining filiali, botanika bogʻi bor. Kurort joy. Turizm markazi va ismoiliylarning diniy ziyoratgohi.

Ensiklopediya.uz
ASVON