Astronomlar tomonidan yangi yulduz qoldig‘i asnosida dastlabki rentgen nurlanishli qutblanish xaritasi yaratildi to’liq malumot oling

Astronomlar tomonidan yangi yulduz qoldig‘i asnosida dastlabki rentgen nurlanishli qutblanish xaritasi yaratildi to’liq malumot oling

“IXPE rentgen fazoviy observatoriyasidan foydalangan astronomlar ‘Kassiopeya A’ nomli yangi yulduzning dastlabki rentgen nurlanishli qutblanish xaritasini tuzdi”, deya xabar beriladi NASA veb-saytida. Kuzatuv maʼlumotlari yulduz qoldiqlari ichidagi radial yoʻnaltirilgan magnit maydon gʻoyasini, shuningdek, zarba toʻlqinlari hududlarida rentgen sinxrotron nurlanishini keltirib chiqaradigan zarrachalarning tezlashish hodisasini tasdiqlaydi. Kuzatuv natijalarining dastlabki nashri arXiv.org saytida mavjud.

Oʻta yangi yulduz qoldiqlari astrofiziklarni nafaqat yulduzlar rivojlanishi va yulduzlararo muhitning kimyoviy boyishini oʻrganish, balki ulardagi quvvatlangan zarrachalarning tezlashish jarayonlarini oʻrganish nuqtai nazaridan ham qiziqtiradi. Bunday jismlar nisbiy elektronlar tomonidan chiqariladigan radiosinxrotron nurlanish manbalari boʻlib, ular hozirda fanga maʼlum boʻlgan bir nechta zarba toʻlqinlarining old tomonidan oʻtish paytida, diffuziya jarayoni natijasida tezlashadi. Baʼzi qoldiqlardan chiqqan rentgen sinxrotron nurlanishi ham aniqlanadi. Bu esa 10–100 teraelektronvolt energiyaga ega boʻlgan elektronlarning yaqin orada va qisqa vaqt ichida tezlashtirilganini hamda bunday yuqori quvvatga erishish uchun jiddiy turbulent magnit maydonlar talab qilinishini koʻrsatadi.

Shunday qilib, oʻta yangi yulduz qoldiqlari galaktikaga oid fazoviy nurlarning tezlatkichlari vazifasi uchun maʼqul nomzodlar hisoblanadi. Yulduz qoldigʻining turli qismlaridagi (xususan, zarba toʻlqinlarida) magnit maydon xususiyatlari va qoldiqning oʻzi hamda uning fazoviy nurlarni tezlatish qobiliyati oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunish, yangi yulduz nurlanishining qutblanishini oʻlchashda yordam berishi mumkin. Hozirgi vaqtda bu muammo oʻtgan yili Yer orbitasiga olib chiqilgan va har xil turdagi neytron yulduzlar, qora tuynuklarga ega boʻlgan ikkilik tizimlar, faol galaktika yadrolari, kvazarlar va yangi yulduzlarga tegishli rentgen nurlarining qutblanishini oʻlchaydigan IXPE (Imaging X-ray Polarimetry Explorer) observatoriyasi yordamida hal qilinmoqda.

Amsterdam universiteti xodimi Jakko Vink boshchiligidagi astronomlar guruhi IXPE maʼlumotlari yordamida tuzilgan “Kassiopeya A” nomli yangi yulduz qoldigʻini oʻrganish asnosida yaratilgan 3–6 kiloelektronvolt kuchlanishli rentgen nurlarining birinchi qutblanish xaritasini taqdim etdi. Olimlar Chandra rentgen teleskopining qoldiqlar boʻyicha olgan kuzatuv maʼlumotlaridan ham foydalangan.

“Kassiopeya A” Quyoshdan 11 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan ulkan yulduz portlashining yorqin va yosh (taxminan 350 yosh) qoldigʻi hisoblanadi. Uning markazida kengayib borayotgan tumanlik bilan oʻralgan neytron yulduzi joylashgan.

astronomlar tomonidan yangi yulduz qoldigi asnosida dastlabki rentgen nurlanishli qutblanish xaritasi yaratildi 1

“Kassiopeya A” ning turli qismlaridan chiquvchi nurlanishning qutblanish yoʻnalishi xaritasi. Eng aniq oʻlchovlar yashil rangda koʻrsatilgan. NASA, CXC, SAO, MSFC / J. Vink va boshqalar

Qoldiqdan sinxrotron rentgen nurlanishining qutblanish darajasi taxminan 2–5 foizni tashkil etdi. Bu radionurlanish holatiga qaraganda kamroqni tashkil etadi va turbulent magnit maydonga ega boʻlgan hududlar nazariyasiga mos keladi. Oʻlchangan nurlanish qutblanish burchagi radial yoʻnaltirilgan magnit maydonga toʻgʻri keladi va bu radiokuzatuvlar jarayonida olingan natijalarni tasdiqlaydi. Bunday holda rentgen sinxrotron nurlanishining manbalari asosan yulduz qoldigʻining tashqi chetiga yaqin joylashgan zarba toʻlqinlari bilan bogʻliq boʻlgan nozik hududlardir. Radiosinxrotron nurlanishi esa tumanlikning barcha qismlaridan chiqadi.

Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Астрономы создали первую карту поляризации рентгеновского излучения остатка сверхновой” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: Chandra, IXPE va Hubble teleskoplari maʼlumoti yordamida shakllantirilgan “Kassiopeya A” kompozit tasviri. NASA, CXC, SAO, MSFC / J. Vink va boshqalar, STScI

Boshqa mavzular
Astronomlar tomonidan yangi yulduz qoldig‘i asnosida dastlabki rentgen nurlanishli qutblanish xaritasi yaratildi