ASTRONOMIK SOATLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASTRONOMIK SOATLAR haqida malumot bilib oling.

ASTRONOMIK SOATLAR — astronomik kuzatishlarda qoʻllaniladigan aniq va xatosiz yuradigan soatlar. Vaqtni katta aniqlik bilan bilish astronometriyada va amaliy astronomiyaning bir necha boʻlimlarida juda zarur hisoblanadi. Qadim zamonlardan to 15-a. gacha astronomiya va b. ehtiyojlar uchun quyosh, kum va suv soatlaridan foydalanib kelingan. Mexanizmli soat astronomiyada birinchi marta 1484-y. da qoʻllanilgan. 1647-y. da Gyuygens (Gollandiya) mayatnikli soatlarni ixtiro qilgandan soʻng ular astronomiyaga ham joriy etildi. Bunday soatlardan 20-a. oʻrtalarigacha astronomik rasadxonalarda foydalanib kelindi. Dengizda suzish va aviatsion astronomiyada mayatnikli soatlardan foydalanib boʻlmaslik xronometrii ixtiro etishga olib keldi. Uning anikligi mayatnikli soatlarnikidan kam. Eng koʻp tarqalgan mayatnikli Astronomik soatlar «Rifler», «Short», «Etalon» soatlarini koʻrsatish mumkin.

20-a. 40—50-y. larida astronomiyada kvars soatlari va keyinroq atom soatlari qoʻllanila boshlandi. Mayatnikli soatlarda tebranish davrining oʻzgarmas boʻlishini mayatnik bajarsa, kvars soatlarida kvarsdan tayyorlangan plastinkaning pyezoelektrik tebranishi, atom yoki molekulyar soatlarda esa atomlarning molekuladagi harakati (mas, azot atomining ammiak molekulasidagi davriy tebranishi) boshqaradi. Atom soatlarining anikligi 10~9 — 10~ʻ° sek. Atom soatlarining 00 soat 00 minut 00 sekundi joylardagi har bir sutkaning boshlanishiga aniq mos tushishi shart. Bu masala osmonda oddindan tanlab olingan bir necha oʻn yulduzning joylardagi meridiandan oʻtish vaqtini maxsus passaj asbobi yordamida aniqlab hal etiladi.

Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida yuqorida nomlari keltirilgan soatlarning har qaysisidan bor. Ulardan «oʻz vazifasini bajarib» boʻlganlarining noyoblari mazkur in-tda tashkil etilgan muzeyda saqlanmoqda.

Abdusalom Latipov.

Ensiklopediya.uz
ASTRONOMIK SOATLAR