ASTRONOMIK PUNKT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASTRONOMIK PUNKT haqida malumot bilib oling.

ASTRONOMIK PUNKT — astronomik kuzatishlardan kenglama va uzunlamasi hamda yoʻnaltirilgan predmet azimuti topilgan yer yuzasidagi nuqta. Baʼzi Astronomik punkt larda yuqoridagi u yoki bu parametr aniqlanmagan boʻlishi mumkin. Agar Astronomik punkt triangulyatsion punkt bilan mos tushsa va unda uch astronomik kattalik aniqlangan boʻlsa, u Laplas punkti deyiladi. I va II darajali triangulyatsiyada Astronomik punkt har 70—100 km da aniqlanadi. Oddiy Astronomik punktdan tashqari boshlangʻich Astronomik punkt ham boʻladi. Ularda astronomik uzunlama alohida eʼtibor va aniqlik bilan topiladi. Ular kuzatuvchining xususiy xatolarini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Ensiklopediya.uz
ASTRONOMIK PUNKT