ASTROKOLORIMETRIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASTROKOLORIMETRIYA haqida malumot bilib oling.

ASTROKOLORIMETRIYA (astro… va lot. color — rang, metron — oʻlchash) — har xil ranglarda osmon yoritqichi yorugʻligini oʻlchash orqali uning fizik koʻrsatkichlarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan soha. Yoritqichdan kelayotgan noʻrni har xil rangli nur koʻrsatkichlar orqali oʻtkazib, nur qabul qiluvchi va oʻlchovchi asboblar yordamida uning intensivligi oʻlchanadi. Har bir nur qabul qiluvchi asbob oʻziga xos spektral sezgirlik maksimumida qoʻllaniladi. Ikki xil rangda yoritqich nurining intensivliklari, aiiqrogʻi, yulduz kattaliklari ayirmasi uning rang koʻrsatkichi deyiladi. Rang koʻrsatkichi yoritqich spektrida energiyaning taqsimlanishini koʻrsatadi va yoritqichning t-rasiga bogʻliq boʻladi. Past t-radagi yulduzlar qizil, yuqori t-radagilar oq yoki havorang nur sochadi. T-ra bilan rang koʻrsatkichi orasida boglanish mavjud. Yoritqich spektrini toʻlaroq oʻrganish maqsadida koʻp rangli kolorimetrik tizimlar qoʻllaniladi. Bunda nur qabul qiluvchi asbob sifatida fotoelektron koʻpaytirgich qoʻllaniladi va har xil maxsus tanlangan rangli shisha toʻsqichlar ishlatiladi. Mas, uch rangli tizim ultrabinafsha (V), koʻk (V) va sariq (V) nurlarda yulduz kattaligi U — V va V — V rang koʻrsatkichlarini oʻlchashga asoslangan. Olti rangli tizimda qoʻshimcha yashil (G), qizil (R) va infraqizil (I) yulduz kattaliklari oʻlchanadi. Kolorimetrik oʻlchashlar yoritqichning rang t-ralarini va samarali nurlanish rangini (toʻlqin uzunligini) aniqlashga imkon beradi.

Isroil Sattorov.

Ensiklopediya.uz
ASTROKOLORIMETRIYA