
ASTRODINAMIKA haqida malumot bilib oling.
ASTRODINAMIKA — osmon mexanikasining boʻlimi. Yerning sunʼiy yoʻldoshi, kosmik kema, sayyoralararo st-ya va kosmik apparatlarning harakat naza-riyasini oʻrganadi. Astrodinamikani baʼzan «kosmodinamika», «osmon ballistikasi» deb ham atashadi. Har qanday sunʼiy kosmik kemani bir orbitadan ikkinchisiga oʻtkazish, optimal orbitalar topish, uni maʼlum yulduzlarga nisbatan oriyentirlash kabi qator muhim masalalar ham Astrodinamikada ishlab chiqiladi. Sayyoralararo uchishda Astrodinamikaning asosiy vazifasi kosmik apparat trayektoriyasini oldindan aniq hisoblab chiqishdir.
U Oy va sayyoralarga parvoz qiladigan kosmik apparatni qachon, qanday tezliklarda va qaysi tomonga uchirish kerakligini, shart-sharoitga qarab eng qulay va optimal trayektoriyani oldindan koʻrsatib beradi.
A. Oy va sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlarini loyihalash ishlari bilan ham shugʻullanadi.
Ensiklopediya.uz
ASTRODINAMIKA