ASTRAXON haqida malumot bilib oling.
ASTRAXON — RFdagi shahar, Astraxon viloyatining maʼmuriy markazi. Volga daryosi deltasidagi yirik dengiz va daryo porti, t. y. tuguni. Quyi Volga boʻyining muhim iqtisodiy markazi. Kaspiy dengizidan 100 km uzoqda. Aholisi 511,7 ming (1999). Astraxon qad. shaharlardan biri. Shahar moʻgʻullar hukmronligi yillarida (13-a.) Itilning chap sohilida joylashgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) qishlogʻi oʻrnida qurilgan. 1459-y. dan A. Astraxon xonligining poytaxti. 1556-y. da shaharni Astraxon xonligi bilan birga Rossiya bosib olgan. Astraxon 17—18-a. larda hukumatga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarning markazi boʻlgan. 1717-y. dan gubernya shahri. 1943-y. dan viloyat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziq-ovqat (jumladan, baliq ovlash), mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, kemasozlik). Yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz sanoati ham rivojlangan. Astraxonda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, 2 teatr, 6 muzey bor.
Ensiklopediya.uz
ASTRAXON