Asteroidlar
Asteroidlar
Asteroidlar — juda kichik o‘lchamlardagi sayyoralardir. Ular asosan Mars va Yupiter orbitalar orasidagi fazoda harakatlanadilar. Asterodlarning o‘lchamlari bir necha yuz kilometrlargacha bo‘lishi mumkin. Eng kichik asteroidlarning diametri 1 km atrofida bo‘ladi. Asteroidlarda atmosfera mavjud bo‘lmaydi.
1781-yilda Uilyam Gershel Uran sayyorasini ochdi. Uranning Quyoshdan uzoqligi Titsius-Bode qonuniyatiga muofiq kelardi. Agar haqiqatan ham Titsius-Bode qonuniyati butun Quyosh tizimida amal qilsa, demak, Mars va Yupiter oralig‘ida ham qandaydir sayyora bo‘lish zarur edi. Shuni inobatga olib, XVIII-asrning 90-yillarida Frans Ksaver, 24 nafar astronom olimdan iborat ishchi guruh tuzib, Quyoshdan tahminan 2.8 a.b. masofada, ya’ni, Mars va Yupiter oralig‘idagi sayyorani qidirish ishlarini olib bordi. Biroq fan tarixidagi dastlabki asteroid — «Serera» tasodifan, 1801-yil, 1-yanvarda, Ksaver ishchi guruhiga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan Ilatliyalik astronom Piatssi tomonidan kashf etildi. Bu yangi yuz yillikning birinchi tuni edi. Keyingi uch asteroid, Pallada, Vesta, va Yunona 1801-1807 yillar orasida kashf etildi. Vestadan keyin uzoq vaqt astronomik kuzatuvlar besamar ketib, boshqa asteroid koinotda yo‘q degan fikrga ham kelib qolindi. Keyingi, navbatdagi asteriod topilgunicha esa 38 yil vaqt o‘tdi. Uni Karl Lyudvig Xenke topdi va «Asteya» deb nomladi. Xenke sal kam 2 yildan so‘ng «Gebu» asteroidini ham aniqladi. Shundan so‘ng astonomlar yana faol ravishda yangi asteroidlarni qidirishga tushdilar. Shundan so‘ng, ya’ni, 1845 yildan boshlab, har yili kamida bitta asteroid kashf etib kelinmoqda. Bu jarayonda faqat 1945 yil istisno bo‘lib, mazkur yilda fanda birorta ham yangi asteroid qayd qilinmagan.
1891-yilda Maks Volf asteroidlarni topishning yangi usulini joriy etdi. Unga ko‘ra kuzatuvda o‘sha davrning ilg‘or texnologiyasi — fotokadrlarni ketma ket solishtirish usuli qo‘llanilardi, Volfning o‘zi (323)Bryusiya dan boshlab naq 248 ta asteroid kashf etdi. Volfgacha esa kuzatuvlar faqat vizual usulda olib borilar edi. Shu tufayli Volfgacha kashf etilgan asteroidlarning umumiy soni 300 dan oshmagan.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2007 yilda o‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Astrofizika institutining Maydanak rasadxonasi ilmiy guruhi tomonidan, o‘zbekiston mustaqilligi davridagi dastlabki yangi asteroid kashf etildi. Uni Prezident Islom Karimovning taklifiga ko‘ra «Samarqand» deb nomlandi. «Samarqand» kichik sayyorasining tartib raqami -210271
Hozirgi vaqtga kelib, asteroidlarning umumiy soni 1 000000 dan 1900000 gacha atrofida deb baholanadi. 2013 yil yanvar holatiga ko‘ra 97 853768 ta diametri 1 km dan ortiq obyekt (ularning hammasini ham asteroid deb bo‘lmaydi, bunday obyektlarning ko‘pchilgi meteoroidlardir) aniqlangan va ulardan 600 853 tasining orbitalari aniq hisoblanib, maxsus tartib raqami berilgan. 17 620 asteroid esa rasmiy nomlanishga ega. Barcha asteroidlarning umumiy vazni, Yer vaznining mingdan bir qismidan ham kichik.
«Asteroid» atamasini fanga Uilyam Gershel kiritgan bo‘lib, u yunoncha «asteros» — «yulduzsimon» degan ma’noni anglatadi. Gershelning bunday nomlanish berishiga, asteroidlarning teleskopdan qaralgan, koinotda xuddi yulduzlar singari nuqtaviy disk shaklida ko‘rinishi bo‘lgan. Shakllangan an’anaga ko‘ra, muayyan va tartibli orbitaga ega asteroidlarga ayollar ismi, Orbitasida ma’lum tartibsizliklari bor asteroidlarga esa erkaklar nomi berilar edi. Keyinchalik bu an’anaga rioya qilnmay qo‘yilgan. Hozirda asteroidlarning hammasi ham o‘z nomiga ega emas: asteroidlar ichida faqat orbitasi to‘liq o‘rganilgan va harakat traektoriyasi aniq hisob kitob qilinganlariga nom beriladi. Orbitasi aniq hisoblanmagan asteroidga faqat uning ochilgan vaqtini ifodalovchi tartib raqami biriktiriladi. Masalan 1950DA — 1950 yilning fevral oyining birinchi yarmida ochilgan birinchi asteroid. Bir yilda 24 ta yarimoy bo‘lgani uchun, lotin alifbosida esa 26 harf bo‘lgani sababli, I (Bir soniga o‘xshash bo‘lgani uchun) va Z harflari belgilashda foydalanilmaydi. Asteroidga to‘liq nom berilganidan keyin, uning nomi oldida tartib raqami ko‘rsatilgan holatda yoziladi, masalan (1)Serera, (8)Flora.
Ko‘plab asteroidlar orbitasining katta yarim o‘qi Quyoshdan 2.2 — 3.6 a.b. masofaga to‘g‘ri keladi. Ular o‘ziga xos «Asteroidlar belbog‘i»ni tashkil qiladi. Eng katta aylanish orbitasiga esa, Xiron asteroidi ega bo‘lib, u Saturn va Uran orbitalari oralig‘ida aylanadi. Perigeliyda bu asteroid Saturn orbitasi ichiga ham kirib qoladi. Ba’zi asteroidlarning orbitasi esa, kichik cho‘ziqliklarga ham ega, masalan Ikar nomli asteroid Merkuriy orbitasigacha suqilib kirishi mumkin. Barcha asteroidlarning orbitalari, katta sayyoralarning gravitatsion ta’siri ostida o‘zgarishlarga duchor bo‘lib turadi. Agar asteroid katta sayyoralarning biriga (masalan Yupiter yoki Saturn, Mars kabi) o‘ta yaqin kelib qolsa, o‘sha sayyora gravitatsiyasi ta’sirida, uning orbitasi keskin o‘zgarishi mumkin.
Asteroidlarning kelib chiqishi borasida bir necha ilmiy farazlar mavjud. Ulardan eng mashuriga ko‘ra, Asteroidlarning asosiy markazlashgan hududi — Mars va Yupiter orbitalari oralig‘ida qachonlardir Faeton (uni Olbers sayyorasi ham deb atashadi) nomli ulkan sayyora mavjud bo‘lgan va u qandaydir falokatli sababga ko‘ra, parchalanib ketgan. Mazkur sabab Faetonning yirik tashqi osmon jismi bilan (masalan kometa yoki boshqa bir sayyora bilan) to‘qnashib ketganligi bo‘lishi yoinki, boshqa kuchlar, masalan Yupiterning tortish kuchi yoki ichki termoyadro portlashlari natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Asteroidlar haqida ba’zi ma’lumotlar
Eng yirik asteroidlar:
№ |
Asteroid yo‘ldosh nomi |
Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi (a.b.) |
Aylanish davri (yil) |
Diamteri (km) |
1 |
Serera |
2.77 |
4.60 |
1003 |
2 |
Pallada |
2.77 |
4.61 |
608 |
4 |
Vesta |
2.36 |
3.63 |
538 |
10 |
Gigiya |
3.15 |
5.59 |
450 |
31 |
Evfrosinya |
3.16 |
5.62 |
370 |
704 |
Interamniya |
3.06 |
5.40 |
350 |
511 |
Davida |
3.19 |
5.69 |
323 |
65 |
Kibela |
3.42 |
6.35 |
309 |
52 |
Yevropa |
3.10 |
5.45 |
289 |
451 |
Patientiya |
3.06 |
5.37 |
276 |
Yerga davriy yaqinlashib turadigan asteroidlar:
№ |
Asteroid yo‘ldosh nomi |
Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi (a.b.) |
Aylanish davri (yil) |
Diamteri (km) |
Yerga eng yqin kelgan masofasi (mln. km.) |
— |
Germes |
1.29 |
1.47 |
1 |
0.6 |
— |
Adonis |
1.97 |
2.76 |
0.3 |
1.5 |
1620 |
Geografos |
1.24 |
1.39 |
3 |
2 |
— |
Apollon |
1.49 |
1.81 |
1 |
3 |
1566 |
Ikar |
1.08 |
1.12 |
1 |
6 |
1221 |
Amur |
1.92 |
2.67 |
2 |
15 |
433 |
Eros |
1.46 |
1.76 |
23 |
23 |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Astronomiya
ASTEROIDLAR
Manba:orbita.uz