Asteroida haqida to’liq malumot oling
Asteroidlar (yunon. aster – yulduz va eidos – koʻrinish) – kichik sayyoralar;Quyosh atrofida elliptik orbitalar boʻylab harakatlanuvchi va koʻpchiligi Mars vaYupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlar.
Mundarija
скрыть
Asteroidlar (yun. aster – yulduz va eidos – ko‘rinish) – kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo‘ylab harakatlanuvchi va ko‘pchiligi Mars va Yupiter orbitalari oralig‘ida joylashgan kichik jismlar. Titsius – Bode qonunita ko‘ra, Mars va Yupiter orbitalari oralig‘ida Quyoshdan 2,8 a.b. uzoqlikda qandaydir sayyoralar bulishi kerakligi haqidagi faraz 18-asr oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shug‘ullanayotgan italiyalik astronom J. Piatssi tasodifan 1801 yil 1 yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usu-lini ishlab chiqdi. Hisoblashlarga ko‘ra, Serera Quyoshdan o‘rta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b. q 149,6 mln. km) uzoqda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802 yil 28 martda nemis astronomi G. Olbers top-gan yangi sayyoraning ham Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita A.– Yunona va Vesta 1804–07 yillarda topildi. 1847 yildan boshlab har yili bir nechtadan A.lar to-pilib turdi. 1891 yilda M. Volf A.ni ochish uchun fotografik usulni qo‘llagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300–400 talab, mas, 1931 yilda 400 tacha noma’lum kichik sayyora ro‘yxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmoqda. Yangi ochilgan A.ga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildi-ruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli da-rajada o‘rganilgandan so‘ng yangi raqami va nom beriladi. A.ni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yor-damida osmonning biror qismi fotosu-rati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shak-lda, ularga nisbatan harakatda bo‘lgan A. yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. A.larning ko‘pchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz ko‘rib bo‘lmaydi. Shu vaqtga qadar barcha A.ning 4–5 foizdan kamrog‘i topilgan. Ularning ko‘pchiligi Yerga eng yaqin kelganda 12– 14 yulduz kattali-gida bo‘ladi. A.ning ko‘rinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga ux-shash; g‘arbdan sharqqa yurib, osmon sfe-rasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997 yilgacha 6200 dan ortik, A. orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita ele-mentlarining o‘zaro bog‘lanishi va A. soni bo‘yicha taqsimlanishini tekshirib, A. halqasi topildi. Hozirgacha topil-gan A.ning 97% Quyoshdan o‘rta hisobda 2,2–3,6 a.b. uzoqlikda joylashgan. A.ning Quyosh atrofida aylanish davri 3–7 yil. Orbitasining katta yarim o‘qi bo‘yicha Quyoshga eng yaqin A. Ikardir (№ 1566, a-1,08 a.b., T-409 kun). Eng uzog‘i 1992 yilda kashf qilingan 1992 AD say-yora bo‘lib, uning perigeliysi 8,6 a.b., afeliysi 33,5 a.b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar A.ning Mars va Yupiter orbitalari oraligida konsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini ko‘rsatdi. A. zichligi Yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, A.ning umumiy massasi Yer mas-sasiga teng bo‘ladi. Eng katta asteroida – Sereraning massasi Yer massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo bo‘lish masalasi astronomiyaning to‘la hal qilinmagan sohalaridan biridir. Ba’zi farazlarga ko‘ra, A. bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki say-yoralar to‘qnashganda maydalanishidan hosil bo‘lgan. Boshqa farazga ko‘ra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik A. hozir 713ham paydo bo‘lib turadi.O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida A.ni kuzatish ishlari 1900 yildan bosh-lab olib borilmoqda. Ikkinchi jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan G. N. Neuymin o‘zi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning bi-riga «O‘zbekistoniya» deb nom berdi. 1930 yil taklif qilingan «Xira yulduzlar jadva-li» muammosi munosaba-ti bilan tuzilgan xalqaro dasturga mu-vofiq Astrono-miya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan A. harakatlari 1980 yilga qadar tekshirilib, osmonda inersial koor-dinatalar sis-temasini tuzish muammo-siga salmoqli hissa qo‘shildi. Bu 20-asrda astrometriya va osmon mexanikasi sohalarida olingan g‘oyat muhim ilmiy natija hisoblanadi.Bundan tashqari o‘zbek astronomlari keyingi 30–40 yil davomida A.ga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar.Mars va Yupiter oraligida hozir Be-runiy, Ulug‘bek va boshqa nomlar bilan ataluvchi A. parvoz qilib yuribdi.
Titsius – Vode qonuniga kura. Mars va Yupiter orbitalari oraligida Quyoshdan 2,8 a.b. uzoklikda qandaydir sayyoralar boʻlishi kerakligi haqidagi faraz 18-asr oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shugʻullanayotgan italiyalik astronom J. Piatssi tasodifan 1801-yil 1-yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chikdi. Hisoblashlarga koʻra, Serera Quyoshdan oʻrta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b.=149,6 mln. km) uzokda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802-yil28-martda nemis astronomi G. Olbers topgan yangi sayyoraning ham Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita Asteroidlar – Yunona va Vesta 1804–07 yillarda topildi. 1847-yildan boshlab har yili bir nechtadan Asteroidlarlar topilib turdi. 1891-yilda M. Volf Asteroidlarni ochish uchun fotografik usulni qoʻllagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300–400 talab, masalan, 1931-yilda 400 tacha nomaʼlum kichik sayyora roʻyxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmokda. Yangi ochilgan Asteroidlarga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildiruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli darajada oʻrganilgandan soʻng yangi raqami va nom beriladi. Asteroidlarni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yordamida osmonning biror qismi fotosurati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shaklda, ularga nisbatan harakatda boʻlgan Asteroidlar yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. Asteroidlarning koʻpchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz koʻrib boʻlmaydi. Shu vaqtga qadar barcha Asteroidlarning 4–5 foizdan kamrogʻi topilgan. Ularning koʻpchiligi Yerga engyaqin kelganda 12– 14 yulduz kattaligida boʻladi. Asteroidlarning koʻrinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga oʻxshash; gʻarbdan-sharqqa yurib, osmon sferasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997-yilgacha 6200 dan ortiq Asteroidlar orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita elementlarining oʻzaro bogʻlanishi va Asteroidlar soni boʻyicha taqsimlanishini tekshirib, Asteroidlar halqasi topildi. Hozirgacha topilgan Asteroidlarning 97 % Quyoshdan oʻrta hisobda 2,2–3,6 a.b. uzoklikda joylashgan. Asteroidlarning Quyosh atrofida aylanish davri 3–7 yil. Orbitasining katta yarim oʻqi boʻyicha Quyoshga eng yaqin Asteroidlar Ikardir (№ 1566, a-1,08 a.b., T-409 kun). Eng uzogʻi 1992 yilda kashf qilingan 1992 AD sayyora boʻlib, uning perigeliysi 8,6 a.b., afeliysi 33,5 a.b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar Asteroidlarning Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida konsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini koʻrsatdi. Asteroidlar zichligi yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, Asteroidlarning umumiy massasi yer masalansasiga teng boʻladi. Eng katta aste 1 6000 yer roida – Sereraning massasi massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo boʻlish masalasi astronomiyaning toʻla hal qilinmagan sohalaridan biridir. Baʼzi farazlarga koʻra, Asteroidlar bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar toʻqnashganda maydalanishidan hosil boʻlgan. Boshqa farazga koʻra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroidlar hozir ham paydo boʻlib turadi.
Darsliklar
Asteroida haqida