
ASSIT haqida malumot bilib oling.
ASSIT (yun. askos — qorin) — qorin istisqosi. Qorin boʻshligʻida tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik yigʻilishi. Assitga yurak xastaliklari, jigar sirrozi, nafas yoʻllari va oʻpkaning surunkali kasalliklari, buyrak kasalliklari (nefroz va nefrit), qorin boʻshligʻi aʼzolari oʻsmasi, sil va b. sabab boʻladi (yana q. Istisqo).
Ensiklopediya.uz
ASSIT