
ASSIMILYATSIYA haqida malumot bilib oling.
ASSIMILYATSIYA (petrografiyada) — magmaning yon atrofidagi boshqa jinslarni oʻzlashtirish jarayoni. Assimilyatsiyada magma boshqa jinslarni toʻliq yoki qisman eritib oʻzining tarkibini oʻzgartiradi. Assimilyatsiya magma differensiatsiyasiga sabab boʻlishi mumkin. Magma va uni oʻrab turgan jinslarning kontrastli tarkibi, magmaning yuqori harorati va undagi uchib ketuvchi komponentlarning koʻpligi Assimilyatsiya uchun qulay sharoit hisoblanadi. Gibrid magma kristallanib togʻ jinsi hosil boʻladi. Baʼzi tadqiqotchilar (H. M. Abdullayev va b.) A. jarayoni metallogenik ixtisoslashishning omili sifatida muhim rol oʻynaydi deb hisoblaydilar.
Ensiklopediya.uz
ASSIMILYATSIYA