«Assalom Navro’z» nomli bayram tadbiri ssenariysi to’liq malumot oling

«Assalom Navro’z» nomli bayram tadbiri ssenariysi to’liq malumot oling

«Assalom Navro’z»nomli bayram tadbiri.
Mundarija скрыть

       Maktab hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan va   navro’z bayramiga oid shiorlar bilan bezalgan. Tadbirga  mahalla vakillari, VEN noziri, faxriy ustozlar, ota- onalar   hamda o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etadilar.

       Bayram tadbirlaridan aval sinflararo » Bahor taomlari — Navro’z ko’rki» nomli tanlov o’tkaziladi. Tanlovda barcha sinf o’quvchilari o’zlari tayyorlagan bahor taomlarini dasturhonga tortadilar. Hakamlar hayati taomlarni turlariga,  sifatiga,  mazzasiga  dasturxonning bezalishiga ko’ra boholaydilar. So’ng bayram tadbiri namoish etiladi.

 

 1-boshlovchi:                                                                         Assalomdan boshlaymiz kirish so’zimiz.                                      O’zbekiston deya atalur bizning yurtimiz,                                  

Ko’hna Farg’onaning farzandi o’zimiz.                                                       Kelajagi porloq yurtim senga assalom.

 

2-boshlovchi                                                                         

 Assalom azizlar qalbi quyoshlar

 Mehringiz nuridan bahramand yoshlar,

 Biz sizga keltirdik bir oliy iymon,                                             

 Bir oliy iymonkim otashin salom.

      Assalomu alaykum deymiz maktabning go’zallikda tengi yo’q, sho’x va shodon qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana  alohida boshimizni egib ta’zim aylaymiz aziz va  mo’tabar  ustozlarga,  maktabimizga  tashrif    buyurgan   mehmonlarimizga.

1-boshlovchi:

     Biz O’zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari  va ustozlarini kirib kelayotgan navro’zi ayyom bilan chinqalbimizdan muborakbod etamiz. Bayramingiz muborak  bo’lsin deymiz.

 

 Bahmal yopib yillarga,

 Adir dala qirlarga

 Gullar olib qo’llarga

 Navro’z keldi azizlar.

 

 2-boshlovchi:                                                                                            Quyosh separ nurlarin

Yerga zarrin nurlarin,

Erkalatib hurlarin,                                                                                Navro’z keldi azizlar.

      Bugungi «Assalom Navro’z » deb  nomlangan  bayram tadbirimizni  ochib  berish  uchun  so’zni maktabimiz rahbari Nabiyev Abdumomin Nazirovichga  beramiz.

Hozirgi navbatni 9-g  sinf o’quvchisi  Tursunova Sevaraning  “Orombaxsh” raqsiga beramiz.

 Hozirgi navbat 9-g sinf o’quvchilari tayyorlagan bayram dasturiga

 Navro’zoy,  Bahoroy  va Dehqon  bobolarni  davraga taklif etamiz.

 

1-boshlovchi:

      Navro’z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch olib kelayoir.  Uni hamma bolalaru qizlar momolaru- bobolar ham  sog’inishgan.Chindan ham ostonamizni hatlay-hatlay deb  turgan navro’zni sog’indik.Uni har yilgidek o’zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda nishonlaymiz.                            Chunki  navro’z  biz sevib  va  kutib nishonlaydigan bayramlardandir.

 

2-boshlovchi:

      Navro’z yasharish bayrami tabiatn uyg’nishi bilan bog’liq   bo’lgan kun.      21 mart kecha va kunduz tenglashgan yangi kun ya’niy navro’z bayrami  sifatida sharq xalqlari tomonidan  nishonlanadigan milliy bayram hisoblanadi.

 

 1-boshlovchi

       Hozirgi navbatni 9-b sinf qizlari ijrosidagi ajoyib navro’z

haqidagi qo’shiqqa beramiz.

 

 1-boshlovchi                                                                         

 Tarixing ta’rifing dillarda doston,

 Quyosb charaqlaydi moviydir osmon.

 Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon

 Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

 2-boshlovchi:

Bir yon katta kurash

Bir yon kop kari,

Askiya aytishuv o’lanlar bari                                                       Sevinchbag’ishlaydi keksayu-yoshga

Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

 

1-boshlovchi:

      Shoirlarimiz ana shunday yurakni larzaga soladigan she’rlar  bitishadi. Hozirgi navbatni ana shunday navro’z haqidagi she’rlarga bersakda va tinglasak. Marhamat 3- sinf o’quvchilari.

 

1-boshlovchi

 Chiroyli kuy sehrida raqqosa qilsa hirom,

 Sanoqsiz yulduzlarni o’ziga aylasa rom.

 

2-boshlovchi:

 Tovus misol tovlangan hurmikan parimikan,

 Ko’zlar quvonsin qarab ko’ngillar olsin orom.

 Marhamat 6-g sinf o’quvchilari tamonidan raqs.

 Oldingi zamonlarda yosh o’g’il qizlar qiru adirlarga chiqib har hil aytishuwa laparlar o’ynashar edi. Hozirgi yoshlarimiz ham bunday ishni eplay olisharmikan.

 

2-boshlovchi:

Bilasizm Nigora gapingizga umuman tushunmadim bu bilan nimani nazarda tutayapsiz ?

 

1-boshlovchi:                                                                                                                                                                                                                                                           Bu bilan nima demoqchiligimni 9-g sinf o’quvchilari  tayyorlagan aytishuv va laparlardan bilib oishingiz mumkin.

Hozir shu bayramda mehmon bo’lib o’tirgan ___________________ ga so’z

navbatini beramiz.

Hozirgi navbatni 8-v sinf o’quvchilari tayyorlagan kompazitsiyaga beramiz.

 2-boshlovchi:

      Zerikarli qishni bahor nafasi hayadab qo’ydi musaffo havo yana o’z hukmiga kidi.Sharqdan bahor nasimi esib keldi. Olamni bezamoq uchun birozyo’lini ochdi.

1-boshlovchi:                                                                                              Uyquga kegan darabtlar yana yasbil to’n kiydi.Turli tuman  chechaklar qiyg’os ochildi.Olamni o’z ifor va hover isi bilan to’ldirdi. Shunday iliq so’zlardan so’ng maktabimzda o’z o’rni  va mavqeyiga ega bo’lgan ustozlardan Nishonova Gulchehra

 Karimionovnaea so’z navbatini beramiz.Marhamat                                                                                                                  

 

1-boshlovchi :

Marhamat 2- a sinf ijrosida raqs. 1-boshlovchi

Ko’hna turon elida navro’zi olam

Yillartutar qo’Hmdan qani ado’stim yur.

Nur sochadi charaqlab navro’zquyoshi,

Sayirgohda yurtimning keksayu yoshi.

Qozonlarda sumalak yoyiq dasturhon

Navro’z olam muborak ey O’zbekiston.

                                                                                              

 2-boshlovchi:

 Navro’z keldi Navro’z Navro’zoy,

 Suvlar oqar endi soyma soy

 Har tamonda bahorni isi

 Bo’g’ taratargullarningjismi.

 Bir birini qutlar odamlar

 G’animat deb go’zal bu damlar,

 Navro’z keldi Navro’z Navro’zoy,

 Hozirgi navbat 9-g sinf qizlari ijrosidagi raqsga.

 

2-boshlovchi:

 Nigoraxon liboslarim o’zimga yarashib turibdimi? Hozir shu

 davrani bir aylanib chiqsamikin-a?

Hoy qiz to’xta o’ylab ko’ringchi bu sahnada necha soatdan beri turibsiz?                                                                         

 

2-boshlovchi:

Taxminan bir ikki soat bo’lib qoldi.

 

1-boshlovchi:

Shunday ekan sahnani aylanib nima qilasiz ? Axir sizni hamma ko’rib turibdiku.Undan ko’ra hozir maktabimizning go’zal qizlariga navbatni bersakda ular o’z milliy liboslarida chiqib shu liboslariga ta’rif berib o’tishsa. Shunda biz ham  maktabimizning  eng  go’zal  va  so’zlash  qobiliyatiga  ega  qizni, ya’ni  maktabimiz malikasini aniqlab olar edik. Hozir   har bir sinfdan bittadan ishtirokchi qiz chiqib biz aytgan shartlarni bajaradi. Bu milliy liboslar ko’rik tanlovimiz 5 dan  9-sinfgacha bo’lib o’tadi.                                                       1-boshlovchi:                                                                       Maktabimizda    har    hil    to’garaklardan    tashqari    sport

mashg’ulotlari   ham   tashhkil    etilgan.   Hozir   shu    sport mashg’ulotlariga qatnashuvchilar tayyorlagan nomerni ko’rib

olsakda va bayramimizni davom etkazsak.

                                                                 

2-boshlovchi:

 Ishva aylab ko’zu qoshga bir bora raqs bo’lsin,

Yoqib birdek qariyu yoshga bir bora raqs bo’lsin.

Hammaning ko’nglin olib bir bora raqs bo’lsin,

Shodonu bir ohlar solib bir bora raqs bo’lsin.

Marhamat 9-v sinf o’quvxchilari ijrosida raqs.                                                                                               

 

1-boshlovchi:

Marhamat hozir Sultonova Mukammal opaga so’z navbatini bersak,        so’ng hammani ommaviy raqsga taklif qilamiz.

 Yana bahor keldi yana olamda,

 Ajib bir go’zallik ajib bir hayot.

 Men seni qutlayman shu lug’ damda,

 Ulug’ yelkadoshim barqaror hayot.

 

2-boshlovchi:

Tashbeh axtarmangiz ushbu g’azaldan,

Naqd joyda nasiya ne kerak asli.

Sening bir hislating bordir azaldan

Seni atamishlar uyag’onish fasli.

 

1-boshlovchi:

Shu bilan bugungi navro’z ayyomiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirimizni yakunlash  uchun maktabimiz rahbari   Nabiyev Abdumo’min Nazirovichga so’z navbatini bersak:

 

2-boshlovchi:

Aziz   mehmonlar   ustozlar   maktabdoshlar,   shuning   bilan  go’zallik ayyomi «Navro’zi olamiga «bag’ishlangan bayram  tadbirimiz    nihoyasiga    yetdi. Sizlarga    bahoriy    kayfiyat, quvnoqlik, go’zallik hamisha yor bo’lsin.

Ma’naviy — ma’rifiy                              

Ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari:                                  

Darsliklar
«Assalom Navro’z» nomli bayram tadbiri ssenariysi