Assalom bahor
Assalom bahor
DO`STLARGA ULASHING:
O’lkamizga fasllar kelinchagi bahor nafasi kirib keldi. Barcha insonlarni qalbini hursandchilik bilan to’ldirdi. Bahor faslida hamma insonlar shodu xurram bo’lib tabiyat go’zligida bahra olishadi. Bahorda daraxtlar kurtak ochib gulaydi. Bahor fasilarning ichida yangilanish yangi davrning boshlanishi tabiatning yana bir yangi sahifa ochilishi bilan ajralib turadi. Bahor fasli insonlarni ezgu ishlar qilishlikga mehr muhabbat ulashishlikga oshno etadi. Bahor fasli kirishi bilan qiru adir ko’mko’k tusga kiradi. Hamma joyda gullarni hidi tutib ketadi. Bobodehqonlar ham bog’ yaratishga kirishadilar. Men bahorni qushlarning sayrashidan, hid taratib turgan gullarga kapalaklaru asalarilar qo’nishidan, bahor havosi ufurishidan tassavur qilaman. Yana quyoshning nuri muzni ertishidan, adirlarning lolalar ochilishidan tassavur qilaman.
Men bahorni kamalakga o’hshataman chuniki kamalak yetti hil rangda mujassam bo’ladi. Bahor fasli ham turli hil ranglarda namoish bo’ladi. Kamalak ham yomg’irdan so’ng paydo bo’ladi. Bahor ham yomg’irdan so’ng o’z chiroyini yanada ochad. Sababi yomg’idan keyin ochiladigan gullar bor. Kamalak ranglari shu daraja jilvakorki har qanday insonni o’ziga maftun eta oladi.Kamalak ham tabiatni bir qonuni hisoblanadi.Menga kamalak juda yoqadi.Shuning uchun bahorni men kamalakga o’xshataman.O’zida rangorang ranglarni aks etgan.
Assalom bahor