Asrning buyuk yo‘lg‘oni: Sellyulit haqida malumot

Asrning buyuk yo‘lg‘oni: Sellyulit haqida malumot

Bundan 100 yil oldin ayollar, terilaridagi notekisliklar – bu chiroyli emas va ularni qanday qilib bo‘lsayam yo‘qotish kerak degan tushunishni hatto hayollariga ham keltirmaganlar. Klassiklarni rasmlarida ko‘ylaksiz go‘zal ayollar o‘zlarini tanalarini ko‘z – ko‘z qilib turishgan, usta – rassom esa ularni bellaridagi notekisliklarni yaqqol chizib ko‘rsatib bergan edi. Endi esa tananing bunday holati zamonamiz ayollari uchun yomon tush kabi bo‘lib qolgan va unga qarshi ayyovsiz kurashish kerak (aslida esa hojati yo‘q!) degan tushuncha paydo bo‘lgan.

Sellyulit nima o‘zi?

Sellyulit – bu teridagi odatda qorin, bel va dumbadagi notekislik va do‘ngiliklar hisoblanadi. XX – asr boshigacha bu nafaqat kasal hisoblanmagan hatto kosmetik nuqson sifatida tan olinmagan: o‘sha zamon yulduzlari rasmlarida biz bu holatni butun go‘zaligida ko‘ramiz va hatto reto‘sh rivojlangan davrlarda ham buni maskirovka qilish, berkitish hech kimni hayoliga kelmagan. Sellyulit mavjudligi o‘zingizni his qilishingizga ta’sir qilmaydi, modda almashuvi yomonlashmaydi va teri elastikligiga zarar yetkazmaydi. Uni mavjudligi hech narsaga umuman ta’sir etmaydi, agar kuzatuvchilarni estetik hissiyotlarini inobatga olmasak.

sellyulit

Birinchi marta sellyulit haqida 19 asrda Fransiyada so‘z yuritilgan. O‘sha paytda terini bu holatini “apelsin po‘stlog‘i” deb nomlangan va bu kosmetik nuqson hisoblanmay shunchaki terini holati bo‘lgan. Sellyulitni hozirgi tushunchasi 1973 yilda tug‘ilgan: ayni o‘shanda Gollivud yulduzlarini uchun kosmetik salon egasi Nikol Ronsar o‘zini “Sellyulit”: bu siz oldin qutula olmagan g‘ijimlar, shishchalar va do‘ngchalar degan kitobni chop etdi. Uni tan olishicha sellyulit muammosi bilan u 1967 yildan buyon shug‘ullanib, undan xalos etish usullarini izlagan va niyatiga yetgan. Asosiy jiloli jurnal Vogue kitobga retsenziya chop etdi va u bir zumda bestellerga aylandi va millionlab ayollar tanasidagi do‘ngichalarga qarshi kurashib g‘alaba nashidasiga surishni orzu qila boshladilar. Ronsarni kitobi bir necha marta qayta chop etildi va unga qo‘shimcha sifatida parhez retseptlar to‘plamini ham chop etdi. 2008 yilda kitob butunlay qayta ishlandi va “Sellyulitni bartaraf qilish” nomi bilan chop etildi.

Nega terini notekisliklari bilan kurashish g‘oyasi shunchalik mashhur bo‘lib ketdi

Aytish kerakki, aynan XX – asrda ayollar go‘zalligi tushunchasi butunlay o‘zgardi: to‘lishgan, do‘mboq, go‘zallar o‘rniga endi yosh o‘smir qizlarnikiga o‘xshash qaddi – qomatlar mashhur bo‘la boshladi: ingichka bel, kichkina ko‘krak, ingichka qo‘l va oyoqlar va albatta bolalarnikiday tekkis ideal teri. Go‘zallikni “bolalarcha” standarti modaga kirib keldi.

Xo‘sh, sellyulitchi? U bu yangi standartlarga to‘g‘ri kelmadi, o‘smir qizlarda sellyulit bo‘lmaydi, chunki u yetilgan teri va teriosti kletchatkasi alomatidir. Bu katta odamni, farqi yo‘q, erkakmi yoki ayolmi terisini absolyut normal holati hisoblanadi. Nikol Ronsar esa o‘z kitobida sellyulit – bu organizmni zaharlar bilan zaharlanish oqibati deb taqidlashni davom ettirdi va zaharlardan xalos bo‘lishni taklif etdi.

1978 yilda Amerika tibbiyot assotsiyasi sellyulitni kasallik emas va uni davolashni hojati yo‘q deb e’lon qilishiga qaramasdan, undan qutulush usularini taklif etayotgan kosmetik kompaniyalar uchun sellyulit – oltin xazina bo‘lib qoldi. Mana 50 yildan ortiq vaqtdan buyon sellyulitdan qutulish uchun yuzlab massaj turlari, o‘ranishlar, kremlar, yog‘lar va skrablar taklif etilmoqda, protseduralar – eng talab qilinayotgan xizmat turlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Gap shundaki, sellyulit qaryib hammada bor

Apelsin po‘stlog‘i effektini yaratadigan do‘ngchalar, teri osti yog‘ kletchatkasini to‘planishi teri va mushaklarini birlashtiradigan to‘qimani tortilib ketishi oqibatida paydo bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra, kamida 90% ayollarda sellyulit kuzatiladi, chunonchi uni mavjudligi tana vazni va semizlik darajasiga bog‘liq emas.

Hatto ozgandan so‘ng u oldingidan ham ko‘proq kuzatiladi. O‘zgacha tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lgan yog‘ qatlalarini paydo bo‘lish sabablari bor. Teri osti qatlamda yog‘ hujayralari – adipotsitlar joylashgan.

selyullit erkaklarda

Teri va chuqur to‘qimalarni birlashtiradigan tolalar, yog‘lar to‘planadigan yacheykalarni shakllantiradi. Yog‘ hujayralari o‘lchami kattalashmasa, bu yacheykalar teri ustida do‘ngichalar paydo qiladi. Ayollar adipotsiti erkaklarnikiga qaraganda yirikroq va ko‘proq yog‘ to‘plash qobiliyatiga ega. Ayollarda, odatda tabiatdan sezgir, yupqa va elastik teri bo‘lib, uni ostidagi yog‘ ayniqsa sezilib turadi. Chunonchi, terini qarilik distrofiyasi yoki kam harakatli turmush tarzi tufayli sellyulit yanada sezirarli va ko‘rinarli bo‘lib qolishi mumkin.

Ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan o‘rta statistik ayolni organizmida yog‘ foizi, prinsipda erkak organizmidagidan ko‘p hisoblanadi. Bu farqlar jinsiy balog‘atga yetish davridan boshlanadi va umr davomida saqlanib qoladi va biokimyoviy, jinsiy farqlar oqibati hisoblanadi.

O‘smirlik davrida tanada yog‘likni normal kechishini taminlaydi. Bunday farqlikni sababi – ayollarni jinsiy gormonlari estrogenlarda: aynan ular tufayli organizmda yog‘lar taqsimlanishi “ayollar turi bo‘yicha” kechadi (u ko‘proq tos va dumbada bo‘ladi), uni to‘planishi esa teng barobar samarali bo‘ladi. Undan tashqari, yog‘ to‘qimasi gormonlar ishlab chiqarishga ko‘p hollarda javobgar hisoblanadi. Ayniqsa, estrogenlarni ishlab chiqarishda. Shuning uchun ham, har xil mashq yoki ochlik tufayli ko‘p miqdorda yog‘ to‘qimalarini yo‘qotganlarda hayz kelmay qolishi mumkin.

Do‘ngilikli sonlar — bu semirishni emas, ayol jinsining belgisidir. Har xil statistik ma’lumotlarga qaraganda, 85% dan 98% gacha bo‘lgan ayollarda dumba-bel sohalarida ko‘rinarli yog‘ to‘plamlari aniqlangan. Bu ularning bo‘yi yoki vazni bilan emas, balki gormonlari sabablidir. Bu degani, sellyulit har bir qirqinchi ayolda uchramaydi.

Sellyulit bilan kurashish mumkinmi?

Kosmetologlar kurashish mumkin deb ta’kidlashmoqda va quyidagi usullarni taklif etishmoqda:

Liposaksiya

Liposaksiya — bu yog‘lik to‘qimalarni jarrolik yo‘li bilan olib tashlashdir. Bu sellyulitni davolashga qaratilgan, lekin kosmetik defekt rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Chunki bu operatsiyadan keyin organizmda qolgan yog‘ to‘qimasi teri osti qavatiga notekis tarqalishi va do‘ngilik va chuqurchalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Mezoterapiya

mezoterapiya

Mezoterapiya — bu yog‘ to‘qimalariga qilinadigan inyeksiyalar, ancha og‘riqli va yoqimsiz tadbir bo‘la turib, odam sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin. Lipolitik preparatlarni asosiy ta’sir qiluvchi moddasi – fosfatidilxolin bir qancha Yevropa mamlakatlarida man etilgan, chunki uni asosida o‘tkazilgan amaliyotlar ko‘p hollarda jiddiy asoratlarga olib kelgan.

Antitsellyulit diyetasi

Antitsellyulit diyetasi ma’lum bo‘ldiki bu diyeta nafaqat ko‘zga ko‘rinadigan sellyulitni yo‘qotmaydi, balki ochlikdan so‘ng tarangligini yo‘qotgan teri tufayli kuchaytiradi.

Massajlar

Massajlar go‘yoki g‘ijimlangan yog‘ to‘qimalarini tarqatib, teri osti kletchatkasini ancha tekis qilib qo‘yadi. Ammo bu jiddiy shikastlanishlarda, jumladan g‘urra va shishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari massaj yog‘ qatlamiga emas teriga yo‘naltirilgan. U teri ostiga qon kelishini yahshilaydi, tonusni ko‘taradi va oqibatda sellyulitni sezilmaydigan qilib qo‘yadi, lekin hech qanaqasiga yog‘ to‘qimalari holatiga ta’sir qila olmaydi.

O‘ranish

Sellyulit

O‘ranish (rus — обёртывание) – bu protsedura organizmni suyuqlik yo‘qotishiga olib keladi. O‘ranish bilan ortiqcha shug‘ullanib bo‘lmaydi, chunki bu sog‘liq uchun xavfli – organizm suvsizlanishi oqibatida qon hajmi kamayadi, natijada organizmda toksinlar oshadi, elektrolit balansi buziladi, toliqish, mushaklar zaifligi, teri qichishishi vujudga keladi.

Suvsizlanish – juda havfli!

Inson organizmdagi umumiy suv hajmini 2%ni yo‘qotganda toliqish alomatlari paydo bo‘ladi. Agar sizning vazningiz 60 kg bo‘lsa va 1.2l suyuqlik yo‘qotsangiz, o‘zingizni darmonsizlanayotganingizni sezasiz. Agar 7% suyuqlik yo‘qotsangiz gallyutsinatsiya, 10% da esa hushdan ketasiz. Bundan tashqari o‘ranish kosmetik vositalarini ayrimlarini tarkibida xavfli modda – 1.4-dioksan bor. The California Department of Public Health (CDPH) hisobotlariga ko‘ra bu modda tezda teri o‘pka va ovqat hazm trakti orqali so‘riladi. O‘ranishlardagi issiqlik rejimini yaratish absorbsiyani tezlatadi. Shu holatda teri g‘ovaklari ochiq va 1.4 dioksan qonga yana tezroq tushadi va oqibatda og‘ir kasalliklar, jumladan saratonga olib kelishi mumkin. Amerika zaharli moddalar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 43% tanani moddalashtiruvchi kosmetik vositalar tarkibida 1.4-dioksan uchraydi.

Zarba-to‘lqinli antitsellyulit terapiya

antisellyullit

Zarba-to‘lqinli antitsellyulit terapiya (rus – ударно-волновая антицеллюлитная терапия) ham sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Buni prinsipi infrazvuk diapazonda bo‘lgan to‘lqinlarni to‘qimalarga akustik ta’siriga asoslangan. Bu protsedurani endokrin tizim kasalliklarida, gormonal disbalansda, yurak faoliyati, buyrak, jigar va tomirlar faoliyati buzilishlarida har qanday tabiatga ega yangi tuzilishlar mavjudligida, venalarni varikoz kengayishida, tromboflebitda, dermatitlar va boshqa teri kasalliklarida, homiladorlikda, ko‘krak bilan oziqlantirish davrlarida qo‘llash qat’iyan man etiladi. Bundan tashqari hozirgacha, zarba to‘lqinli antitsellyulit terapiyani sellyulitga uzoq vaqt ta’siri to‘g‘risida hech qanday klinik tadqiqotlar nashr etilmagan.

Pressoterapiya

Pressoterapiya – organizmni hujayralar suyuqlikni ortiqchasidan xalos etadigan protsedura bo‘lib, mohiyati bo‘yicha bu oddiy apparatli limfodrenaj bo‘lib, bu protsedurani muntazam takrorlab turilmasa, organizm dastlabki holatiga qaytadi. Bundan tashqari apparatli limfodrenaj juda ko‘p qarshi ko‘rsatmalarga ega

Sellyulit bilan kurashish kerakmi?

Agar siz yuqorida bayon etilganlarni bilib olganingizdan so‘ng ham sellyulitga qarshi kurashmoqchi bo‘lsangiz – bu sizni ongli ravishda qabul qilgan qaroringiz. Faqat uni kosmetolog emas faqat terapevt bilan maslahatlashib qilishingiz zarur.

Unutmaslik kerakki, kosmetologlar taklif etayotgan protseduralar vaqtinchalik samaraga ega, qaddi qomatingizni ushlab turish uchun esa ularni muntazam va butun qolgan umringiz davomida bajarish kerak.

Shuning uchun, ekspertlar fikriga ko‘ra, sellyulitni tashqi ko‘rinishlarini kamaytirish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kifoya bo‘ladi. Bu degani – to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu va hordiqni rejimiga amal qilish, qon bosimi va tana vaznini nazorat qilish, ko‘p sayr qilish, sport bilan yugurish, yurish, suzish bilan shug‘ullanish.

Shunday turmush tarzida, albatta, teriga tonus beruvchi massajlar, avaylaydigan kosmetik vositalarni qo‘llash sog‘lig‘ingizga hech qanday zarar keltirmaydi.

© Med-info.uz nashri.

Gripp va yuqori nafas yo’llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol — 500 mg, fenilefrin gidroxlorid — 10 mg, oksalamin sitrat — 100 mg, xlorfeniramin maleat — 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig’i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Gripp va yuqori nafas yo’llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol — 500 mg, fenilefrin gidroxlorid — 10 mg, oksalamin sitrat — 100 mg, xlorfeniramin maleat — 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig’i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
Asrning buyuk yo‘lg‘oni: Sellyulit