ASQAROVA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASQAROVA haqida malumot bilib oling.

ASQAROVA Mazluma (1924.4.11, Toshkent) — oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Filol. fanlari d-ri (1963), prof. (1965), Rossiya Federatsiyasi Taʼlim akademiyasining muxbir aʼzosi (1968). Toshkent ped. bilim yurti (1940), Toshkent ped. institutining oʻzbek tili va adabiyoti f-ti (1944)ni tugatgan. Shu in-t (hoz. Toshkent ped. un-ti)da oʻqituvchi (1948 — 52), dotsent (1957—63). Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1952—57; 1964-y. dan). Ilmiy faoliyati hoz. oʻzbek tilida ergashish formalari va ergashgan gaplarning tiplari mavzuiga bagʻishlangan. Asqarova oʻrta maktablar uchun «Oʻzbek tili darsligi», oliy oʻquv yurtlari uchun «Hozirgi oʻzbek adabiy tili» darsligi (1-qism, 1980; 2-qism, 1986) mualliflaridan.

Ensiklopediya.uz
ASQAROVA