
ASQAROV Ulugʻbek Akbarovich haqida malumot bilib oling.
ASQAROV Ulugʻbek Akbarovich (1928.23.2, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari d-ri (1970), prof. (1970), A. A. Lodyuvning oʻgʻli. 1-Toshkent davlat tibbiyot in-ti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1971—96), 1997-y. dan shu kafedrada prof.-konsultant. Ilmiy ishlari antibiotikoterapiya, gematologiya, gastroenterologiya, diyetologiya va farmakoterapiya masalalariga bagʻishlangan. A. Oʻzbekistonda surunkali koligning kelib chiqishi, patogenezi, klinikasi va davolash usullarini ishlab chiqqan. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.
Ensiklopediya.uz
ASQAROV Ulugʻbek Akbarovich