ASQAROV Mirhoji Asqarovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASQAROV Mirhoji Asqarovich haqida malumot bilib oling.

ASQAROV Mirhoji Asqarovich (1931.30.4 — Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), kimyo fanlari d-ri (1967), prof. (1968). Moskva yengil sanoat texnologiyasi in-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA Polimerlar kimyosi in-tida lab. mudiri (1959—67), shu in-t direktorii (196264), Oʻzbekiston FA Kimyo in-tida polimerlarni sintezlash lab. mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967—72), shu in-t direktori (1972— 82). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot insitutida boʻlim mudiri (1982). Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat insitutida kafedra mudiri (1983—88), Oʻzbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi insitutida direktor (1988—93), boʻlim mudiri (1993-y. dan). Asqarov sintetik polimerlar olish va ularni plastmassalar sohasida qoʻllash borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning rahbarligida aromatik diaminlarni alifatik ikki asosli kislotalar b-n polikondensatlab yukrri haroratga chidamli plastmassalar olingan. Asqarov 50 dan ortiq yangi monomerlarning polimerlanish kinetikasi va mexanizmini oʻrganish natijasida xossalari barqarorlashtirilgan karbonzan-jlrli plastmassalarni barpo etgan.

Ensiklopediya.uz
ASQAROV Mirhoji Asqarovich