Asqarov Ahmadali Asqarovich Tarjimai hol haqida malumot

Asqarov Ahmadali Asqarovich Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Ahmadali Asqarov — tarix fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigu. (1987) tarixshunos, arxeolog.

1935-yil Namangan viloyatida tavallud topgan. 1966-yilda O‘zR FA Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan. So‘ngra Arxeologiya instituti direktori (1970—1980 va 1983—1987 yillar). “Zarafshonning bronza davri” mavzusida fan nomzodi, 1977-yili Moskvada esa “Bronza davrida O‘zbekistonning janubi” nomli doktorlik ishini yoqlagan.

O‘zR FA Prezidiumining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi raisi (1984—1998-yillar), bir vaqtning o‘zida, O‘zR FA Tarix instituti direktori (1991—1995-yillar).

Akademik A. Askarovning ilmiy qiziqishlari doirasi juda keng: o‘rta Osiyoning bronza va temir davridagi qadimgi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik madaniyatlarining shakllanishi tarixi, O‘zbekiston hududida erta uyg‘onish madaniyati va davlatchilikning shakllanishi, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, zardushtiylikning kelib chiqishi va shakllanishi, arxeologik ma’lumotlar asosida kurash milliy sportining tarixi va boshqalar.

A.Asqarov 450 dan ortiq ilmiy ishlar, ulardan 50 dan ortig‘i xorijiy tillarda, 16 ta monografiya, 1 ta darslik va 8 ta o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sovrindori. Abu Rayhon Beruniy (1985), O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995).

Arboblar
Asqarov Ahmadali Asqarovich

manba:arboblar.uz